Matbuot sharhlari 11.05.2014

Bugungi gazetalardan sharhlar...

269803
Matbuot sharhlari 11.05.2014



Yeni shafak gazetasi, “Qora qit’aga yordam” sarlavhasi bilan bergan xabarda, yillar mobaynida kambag’alchilik, ocharchilik, yuqumli kasalliklar, mustamlakachilik va ichki urushlarga qarshi kurashgan Afrika qit’asiga turklar yordam qo’lini uzatganini yozdi.
Faqatgina 1 yil ichida Afrika davlatlari bilan Turkiya o’rtasida 13 nafar yangi shartnoma kuchga kirdi.
Shartnomalarning barchasi Afrika davlatlarini iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan rivojlanishiga yordam beradi.
Afrika davlatlaridan Chad bilan imzolangan salomatlik va tibbiyot sohasidagi hamkorlik, Somaliga bepul kasalxonadan foydalanish va ishlatish imkoniyati, Namibiyadan talaba qabul qilish kabi shartnomalar bular jumlasidandir.
Bundan tashqari, Jibuti davlati bilan yoshlik va sport sohasida hamkorlik yo’lga qo’yilgan, qolaversa, Jibuti neft qazib chiqarish texnikalari bilan ta’minlangan.
Vatan gazetasi, “Texnologik askar” sarlavhasi bilan bergan xabarda, dunyoning eng katta qo’shinidan biri bo’lgan Turk Qurolli kuchlari ilg’or texnologiyalar bo’yicha yuqori o’rinda ekanini yozdi.
Turk askarlari bu yildan e’tiboran, texnologik qo’shindan tashkil topadi.
Harbiy elektronika sanoati ASELSAN tomonidan kelajakning askari deb baholangan Jenker loyihasi asosida, turk askari kiyiladigan kompyuter, ilg’or ko’zoynak va soatdan foydalanib, yana ham kuchli texnologiya bilan jihozlanmoqda.
Sabah gazetasi, “Eksport bo’yicha rekord qo’ydik” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiya Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi Turkiya iqtisodiyot bo’yicha ba’zilar uchun hayol bo’lgan darajaga erishganini ma’lum qilganini yozdi.
Bundan buyon global iqtisodiyotda zimmasiga mas’uliyat olmoqchi bo’lgan davlatlarga ilhom bergan Turkiyadan so’z ketganini bildirgan Zeybekchi, taraqqiyotning motoriga aylangan tashqi tijoratda muvaffaqiyatli natija kuzatilganini ta’kidladi.
Zeybekchi, “2014 yili tashqi tijoratda rekord qo’ydik. 4% ortish bilan eksportimiz 157.6 milliard dollarga chiqdi”-dedi.
Star gazetasi, “Yuz ming xorijlik talaba 5 milliard dollar daromad demakdir” sarlavhasi bilan bergan xabarda, oliy ta’limning xalqaro maydonda keng tanilishini va universitetlarning markazga aylanishi borasidagi faoliyatlar davom etganini yozdi.
Dunyoning farqli davlatlarida o’z sohasi bo’yicha mutahassis bo’lgan turk olimlari vataniga qaytar ekan, Turkiya ta’lim sohasida ko’zlagan maqsadini yana ham orttirdi.
Taraqqiyot vazirligining xorijdan talaba qabul qilish faoliyatiga ko’ra, Turkiyada tahsil olgan xorijlik talaba sonini 2018 yilgacha 100 mingga chiqarish maqsad qilinmoqda.
Talabalar sonini orttirish bilan Turkiyaning xalqaro maydonda tanilishiga hissa qo’shish mumkin, bu esa, mamlakat iqtisodiyotiga milliardlab dollar mablag’ olib keladi.
Milliyat gazetasi, Bilkent Universiteti tadqiqotchilari va talabalari zichlashtirilgan havo bilan ishlaydigan mashina ixtiro qilganini yozdi.
Bir tankning ichiga kuchli bosim bilan zichlashtirilgan havoning maxsus reguliyatordan o’tkazilib, trubalar bilan motorni ishga tushirish asosiga tayangan mashina tashqariga chiqindi gaz emas, toza havo chiqaradi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar