Matbuot sharhlari 04.05.2014

Bugungi gazetalardan sharhlar...

260888
Matbuot sharhlari 04.05.2014



Milliyat gazetasi, “Bojxona Birligi yangilanmoqda” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Yevropa Ittifoqi bilan 1995 yili imzolangan Bojxon Birligi shartnomasining yangilanishi uchun tashabbus ko’rsatgan Turkiya, yangi rejalar ustida bosh qotirganini yozdi.
Tomonlar 11 may kuni mavzuga doir Brusselda to’planadi.
Bunga ko’ra, Turkiya ham qaror qabul qilish kabi katta mas’uliyatni zimmasiga oladi.
Turkiya Yevropa Ittifoqining 3-davlatlar bilan imzolaydigan tijorat shartnomalari tarkibidan joy oladi.
Star gazetasi, “Turk Havo Yo’llari yapon basketbol ligasining homiyi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turk Havo Yo’llari dunyoda go’yo Turkiyaning reklama elchisi ekanini yozmoqda.
Uzoq sharqdan Yevropagacha bo’lgan ko’plab tashkilotlarning homiyi bo’lgan Turk Havo Yo’llari jami 36 shartnomaga imzo qo’ygan.
Vatan gazetasi, “750 ming tomoshabinga mo’ljallangan texnologik stadionlar” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiyaning Istanbul kabi katta shaharlarida 750 ming tomoshabinga mo’ljallangan ulkan stadionlar qurilishini yozdi.
Stadionlar tobora zamonaviylashar ekan, tarafdorlar stadionlardan madaniy ravishda foydalanar ekan, tarafdorlar musobaqalarni oilaviy tomosha qilish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Mana bu shaklda sportning zo’ravonlikka aylanishiga qarshi chiqish mumkin.
Bundan kelib chiqqan holda Turkiya Yoshlik va sport vazirligi katta tashabbus ko’rsatdi.
Mamlakatda so’ngi texnologiyalar bilan jihozlangan jami 26 nafar stadion qurish uchun 3 milliard lira mablag’ ajratdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar