Matbuot Sharhlari 02.05.2015

Turk matbuot sharhlari...

258772
Matbuot Sharhlari 02.05.2015

Yeni Shafak gazetasi: “Viaport Marina, xizmatga tayyor”.
Turkiyaning yangi Marinasi bu oy ichida ochilishga tayyorlanmoqda.
Istanbulning Tuzla viloyatida qurilgan va 750 nafar yaxtani o’z kuchog’iga sig’dira oladigan Marinada savdo sotiq oroli, g’ildiratma hayinchalaklar bilan 35 nafar o’yinchoq bo’limi va tematik park mavjuddir. Istanbul shahar hokimiyati va Tuzla munitsipaliteti yordami bilan qurilgan Viaport Marina 1 milliard liralık investitisya qiymatiga egadir.

Bir yilda 25 million mahalliy va xorijiy sayyohning kelishi kutilgan loyiha ichidagi akvarium va mehmonxona esa 2016-yilning yoz sezonida ziyoratchilarni qabul qila boshlaydi. Mustahkam va tabiiy marina olaroq dizaynlangan Viaport Marina, ekologik va xavfsiz tuzilishga egadir.

Sabah gazetasi: “Kuveyt Turk Germaniyada 10 filial ochdi”.
Kuveyt Turk, Germaniyaning birinchi Katılım banki bolish uchun tayyorlanmoqda. Kuveyt Turk Bank AG Bosh direktori Kemal O’zan Germaniya ofisining 1-iyul kuni faoliyat ko’rsata boshlashi haqida ma’lumot berar ekan “Bir tomondan foydali bank ishlari yuritar ekanmiz ikkinchi tomondan buning axloqiy qadriyatlar bilan ham amalga oshirilishi mumkinligini ko’rsatamiz” deya gapirdi.

Markazi Frankfurtda joylashadigan va “KT Bank AG” degan nom bilan faoliyat ko’rsatadigan islomiy bankning filiali Germaniyaning Kyoln va Berlin shaharlarida ochilmoqchi. Kuveyt Turk Bosh direktori Kemal O’zhanning qo’shimchalashicha 2015-yili, ayni bankning Germaniyada 10 nafar filiali ochiladi.

Yeni Shafak gazetasi: “Turkiyaning tayyor kiyim-kechak sektori AQShga qarab yo’l oldi”.
Egey nomidagi Tayyor kiyim-kechak va ayollar kiyimi magazini eksportchilari ittifoqi Turk tayyor kiyim-kechak sektorining AQShdagi bozor ulushini orttirish uchun Turk Tijorat markazi qurish ishlarini boshlatdi”.

Hurriyet gazetasi: Tomosha, bu yil Kalamishda”.
İkki yildan beri Istanbul Halichda uyushtirilgan Boat Show bu yil o’z makonini o’zgartirdi. Yarmarka bu yil, 6-10 may kunlari orasida “Kalamish Yacht Show” nomi bilan Kalamish Marinada o’tkaziladi. Qariyb 15 yildan so’ng bir yarmarkaga mezbonlik qilishga tayyorlanayotgan Kalamish, Marinada qariyb 200 nafar kemani sotishga chiqarmoqchi. Yarmarka, huddi o’tgan yili Halichda bolganidek 250 million lira daromad kutmoqda.

Vatan gazetasi: “AQShlik olimlarning yangi muvaffaqiyati”.
Bundan buyon AQShlik olimlar, odamning boyiga qarab saraton kasalligiga chalinib chalinmaganligini aniqlash bilan birga odamning umrini ham o’lchay oladi. Saraton kasaliga klinik diagnoz qo’yishdan 10 yil oldin tahmin qilishga ko’mak beradigan bir yangilikga imzo chekdilar.
Northwestern va Garvard universitetlaridagi mutaxassislar, xromosomalarining uchida joylashgan telomeralarning boylariga qarab odamning saraton kasalligiga chalinib chalinmaganligini oldindan aniqlash mumkinligini ortaga qo’ydi”.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar