Turk matbuot sharhlari 22.03.2015

Turk gazetalaridan tanlangan yangiliklar

276174
Turk matbuot sharhlari 22.03.2015

Yeni Shafak gazetasi “ Turkiyaning oxirgi 10 yilning muvaffaqiyati.
Jahon banki Global Islom Moliya oshirish markazi direktori Zamir Iqbal, Turkiya oxirgi 10 yilda ham iqtisodiy o’sishi ham moliyaviy jihatdan sektorning mustahkamligi jihatidan bir muvaffaqiyat hikoyasidir dedi. Iqbal, “ ushbu davrda Turk bankchilik sektori, boshqa tomondan rivojlanayotgan bankchilik sektorlariga qaraganda juda ham yutuqli deb aytdi.
İqbal, Turkiya Islom bankchilik va moliyaviy jihatdan katta qobiliyatga egadir.” Dedi.
Sabah gazetasi “ Angry Bids Turkiyani tanitadi.
Dunyoda taxminan 500 million kishi tomonidan o‘ynalayotgan Angry Birds o’yini bundan keyin Turkiyani dunyoda tanitish uchun katta hissa qo’shadi. Madaniyat va Turizm Vazirligi Tanituv bosh direktori Irfan O’nal Turkiyani tanitishda chog’ga mos loyihalar tayyorlaganlarini bildirib, Angry Birds va Subway Surfers kabi o’yinlar bilan Turkiyani tanitamiz deb aytdi. O’nal, Turkiyani yaxshi tanitishlari uchun “ google” birinchi o’rinda bo’lib “ Yahoo”, “facebook” va “instagram” kabi ijtimoiy mediadagi taniqli firmalar bilan hamkorlik qilamiz deb bildirdi.
Milliyat gazetasi, “ Karamustafaga Niderlandiyadan mukofot.
Ayniqsa ko’ch borasida olib borgan tadqiqotlar bilan tanilgan san’atkor Karamsutafa , Prince Claus mukofotiga loyiq deb topildi.
Tasviriy san'at sohasidagi faoliyatlari sababli mukofot berilgan san’atkor 95 nomzod orasidan tanlangan.
Star gazetasi "Jahon tashnalikka qarab bo‘rayapti.
BMT tomonidan tayyorlangan jahon suv hisobotiga ko’ra, jahon suv manbalari tez bir shaklda tugatayotganligi ma’lum bo’ldi. Hisobotda 2030- yilida, dunyo qishloq xo’jaligi, sanoat va shaxsi iste’mol uchun suv ehtiyojlarining faqatgina 60 foizini qondira oladi. Hisobotda, yer osti suv manbalari kamayishga yuz tutdi. Jahon iqlim o’zgarish ta’siri bilan yog’ingarchilikning ham tartibi buziladi deb bildirgan.
Vatan gazetasi, "Altsgeymer kasalligi uchun katta umid
Avstraliyalik tadqiqotchilar, ultratovush bilan miyada Alsgeymer kasalligiga sabab bo’lgan va kasallarning hushni yo'qotishiga sabab bo’lgan “ amiloid plaklarini” yo’q etgan yangi bir uslub rivojlantirilgan.
Sichqonlarda sinov ko’rilgan va Altsgeymer kasalligi oqibatida yo’qotilgan xotiraning 75 foizining qaytib kelishiga sabab bo’lgan.
Mutaxassislar sichqonlarda olib borilgan sinovda xotira va aqliy qobiliyati, sobiq darajasiga qaytganini, buni odamlarni davolash uchun bir umid ekanini ta'kidlagan.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar