Matbuot sharhlari 12.01.2014

Sabah gazetasi Turkiya Bilim, sano’at va texnologiyalar vaziri Fikri İshik Turkiya 2014 yili 1 milliard dollar atrofida ma’lumot eksport qilganini ma’lum qilganini yozdi.

182316
Matbuot sharhlari 12.01.2014


Sabah gazetasi, “1 milliard dollarlik ma’lumot sotdik” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Turkiya Bilim, sano’at va texnologiyalar vaziri Fikri İshik Turkiya 2014 yili 1 milliard dollar atrofida ma’lumot eksport qilganini ma’lum qilgan.
Fikri İshik: “Eng ko’p ma’lumot eksporti dasturiy ta’minot bo’yicha amalga oshirildi. Hozirda dasturiy ta’minot strategiya hujjatini tayyorlayabmiz. Bunga doir yangi dastur-amal ishlab chiqaramiz. Bir qator global firmadan bu mavzuda sarmoya kiritish to’g’risida taklif oldik”-dedi.
Xabar turk gazetasi, “Mana Turkiyaning milliy jangovar samolyoti” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiya Bosh vaziri Ahmet Davutog’lu boshchiligida to’plangan Milliy sanoat ijro komiteti, milliy jangovar samolyot bo’yicha juft motorli “FX-1” modelini tanlaganini yozdi.
Bu model katta mablag’ talab qilishiga qaramasdan, bo’yi boshqa modellardan yana ham uzun ekani, yana ham ko’proq qurol tashish kuchiga ega ekani, yana ham baland tezlik bilan manzilga yeta olgani sababli afzal ko’rildi.
Mazkur jangovar samolyot faol elektronik arhivlash faoliyatini amalga oshira oladigan sun’iy zakoga ega bo’ladi.
Star gazetasi, “Dunyo yetakchilariga 300 million dollarlik termal suv” sarlavhasi bilan bergan xabarda, İstanbulga yaqinligi bilan bilingan Yalovaning turizm imkoniyatini 3 barobarga orttirishi kutilgan “Yalova Termal Palace” hayotga tadbir etilayotganini yozdi.
2015 yili ilk bo’limi xizmatga topshiriladigan “Yalova Termal Palace” turizm markazida faqatgina davlat rahbarlari va rafiqalari uchun xizmat beradigan “Presidential suit” xonalari mavjud.
Bu xonalar davlat rahbarlaridan tashqari hech kimga berilmaydi.
Hurriyat gazetasi, “2015 yili ko’rishga arziydigan maskanlar” sarlavhasi bilan bergan xabarda, New York Times 2015 yilda sayohat qilish tavsiya qilingan 52 joyning ro’yxatini e’lon qilganini yozdi.
Mazkur ro’yxatda Turkiyaning mashhur turistik markazi Antaliyaning Kash tumani 31-o’rindan joy olmoqda.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar