Matbuot sharhlari 09.01.2014

Sabah gazetasi BMT qochqinlar oliy komissariyati Turkiya dunyo bo’yicha eng ko’p qochqin qabul qilgan davlatlardan biri ekanini ma’lum qildi.

178655
 Matbuot sharhlari 09.01.2014


Yeni shafak gazetasi, “Turkiya yangi dunyoni tashkil qilganlardan bo’lishi kerak” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiya İqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi 7-Elchilar konferensiyasida so’zga chiqqanini yozdi.
Zeybekchi so’zlagan nutqida, dunyo iqtisodiy va tijoriy poydevor asosida qaytatdan shakllanar ekan, Turkiya qayta shakllanayotgan bu geografiyaning o’rtasida joylashganiga e’tibor qaratdi.
Zeybekchi: “Turkiya yangi dunyoni qurgan davlatlardan biri bo’lishi kerak. Turkiyaning kelajak bilan bog’liq rejalari boshqacha bo’ladi”
Aksham gazetasi, “Amerika Qo’shma Shtatlari harbiy bazasining sonini kamaytirmoqda” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, Pentagon Yevropadagi harbiy baza faoliyatlarini takror ko’zdan kechirish asosida, Angliyadagi “RAF Mildenhall”, “RAF Alconbury” va “RAF Molesworth” harbiy bazalari bilan bir qatorda, jami 15 harbiy baza va muassasa faoliyatlarini to’xtatmoqchi.
Mazkur harbiy bazalar o’sha davlatlarning o’ziga topshiriladi.
Turkiyada joylashgan İnjirlik harbiy bazasining esa yopilib yoki yopilmasligi hozircha noma’lum.
Sabah gazetasi, “Ko’chmanchi ligasida Turkiya 4-o’rinda” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, BMT qochqinlar oliy komissariyati Turkiya dunyo bo’yicha eng ko’p qochqin qabul qilgan davlatlardan biri ekanini ma’lum qildi.
Hozirda dunyoda eng ko’p qochqinni qabul qilgan davlat Afg’onistondagi ahvol tufayli Pokiston hisoblanadi.
Sabah gazetasi, “Turkiya 1 pog’ona yuksaldi” sarlavhasi bilan bergan xabarga ko’ra, 2016 yilgi Yevropa Futbol chempionati saralash musobaqalarida 4 musobaqada 4 bal to’play olgan Turkiya, ushbu oyda 1 pog’onaga ko’tarilib, yilning dastlabki oyida 604 bal bilan 48-o’rinni qo’lga kiritdi.
2014 yil FİFA Jahon kubogi chempioni bo’lgan Germaniya turnir finalisti bo’lgan Argentina esa, 2-o’rindan joy oldi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar