Matbuot sharhlari 07.01.2014

Star gazetasi Yunoniston Davlati G’arbiy Frakiyadagi turk etnik jamiyatlar bilan bog’liq Yevropa İnson huquqlari mahkamasi qarorlariga bo’y sunmagani sababli takror sudlanishini yozdi.

176065
Matbuot sharhlari 07.01.2014


Star gazetasi, “Yunoniston Yevropa inson huquqlari mahkamasida takror sudlanadi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Yunoniston Davlati G’arbiy Frakiyadagi turk etnik jamiyatlar bilan bog’liq Yevropa İnson huquqlari mahkamasi qarorlariga bo’y sunmagani sababli takror sudlanishini yozdi.
Yevropa inson huquqlari mahkamasi 2014 yilning 18 dekabr kuni Yunonistonga jo’natgan ogohlantiruv maktubida, İskeche turk birligi, Rodop shahri turk ayollari jamiyati va Merich shahri etnik xalqlar yoshlik jamiyati nomli tashkilotlarning takror faoliyatini boshlashi bo’yicha Yevropa kengashi vazirlar komiteti qaroriga binoan qilingan ogohlantiruvlar e’tiborga olinmaganini ma’lum qildi.
Aksham gazetasi, “Neft qidiruv kemasi yo’lga chiqdi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiya neftlari anonim shirkati xalqaro shirkatlar bilan hamkorlik qilib, O’rta Yer dengizi va Qoradengizdagi neft qidiruv faoliyatlarini tezlashtirganini yozdi.
Bu doirada G’arbiy Qoradengizda neft qidirish uchun yo’lga otlangan “Noble Globetrotter II” ya’ni “Salobatli sayyoh” nomli kema İstanbuldan yo’lga chiqdi.
Turkiya Energiya vaziri Taner Yildiz İstanbul bo’g’azidan Qoradengizga otlangan kemani kuzatish marosimiga qatnashdi.
Xabar turk gazetasi, “İlk marta sotildi, kg 1250 dollar” sarlavhasi bilan bergan xabarda, sharqiy Qoradengiz hududida joylashgan Rize, Trabzon va Artvin viloyatlarida choy mahsulotini yetishtirish bo’yicha ilk marta oq choy mahsulotini ishlab chiqara boshlaganini yozdi.
Bu doirada jami 645 kg oq choy ishlab chiqildi. Xorijlik bir firma kgi 1100 dollardan oq choy sotib oldi. Qolgan miqdori esa, kgi 1250 dollardan sotildi.
Hurriyat gazetasi, “22 yillik hayol ro’yobga chiqmoqda” sarlavhasi bilan bergan xabarda, İzmirning Selchuk tumanida joylashgan Efes Antik shahrining 22 yillik umidlari ro’yobga chiqqanini yozdi.
Selchuk tumani xokimi Zeynel Bakiji, “8500 yillik tarixga ega bo’lgan Antik shaharning iyun oyida UNESCO Dunyo madaniyat me’rosi ro’yxatiga kiritilishidan umidvormiz”-dedi.
Ushbu ro’yxatga kirish uchun 1994 yili qilingan murojaatlar qabul qilinmagan edi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar