Matbuot sharhlari 06.01.2015

Turk floti Tinch Okeanida bo'ladi.

174514
Matbuot sharhlari  06.01.2015

Star gazetasi, "Flotimiz Tinch okeaniga boradi" degan xabarda, bosh vazir Ahmet Davutog'lu, iqtisodiyot vazirligi tomonidan o'tkazilgan 3. Tijorat Maslahatchiligi Konferensiyasida ma'ruza qildi. Bosh vazir yig'ilishda Lotin Amerika Tijorat maslahatchilariga, geografik masofaga qarab umidlarini yuqotmasliklari kerakligini ifoda etib, "Turk floti faqat o'tgan yil 28 portda do'stlik ziyorati amalga oshirdi. Joriy yil va kelajak yillarda ham dasturlar tuzib bu rishtalarni rivojlatiramiz. Turk floti bu yil Hint Okeani, Osiyo Tinch Okeani va Yaponiyaga boradi" dedi.

Sabah gazetasi, "Neft kurashida qozonganlar va boy berganlar" deb yozgan xabarda, 2014 yilining boshlarida 110 dollar bo'lgan neftning baril narxi 55 dollarga tushishi iqtisodiyoti neftga bog'li Rossiya va Eronga salbiy aks etganini yozmoqda. Bunga qarshi AQSH, Yevropa va Turkiya boshda bo'lib qator o'lkaning esa iqtisodiyotiga ijobiy aks etganini bildirmoqda.

Aksham gazetasi, "Ta'lim berib boshqar loyihasining tarixi ma'lum bo'ldi" deb chop etgan xabarda, Turkiya bilan AQSH o'rtasida Ta'lim Berib- Boshqarish kelishuvi bu oy imzolanadi. Suriyali muxoliflarga ta'lim berish 3 yil davom etadi. Diplomatik manbalar, Suriya muxoliflariga qarata "ta'lib berib boshqar" dasturiga doir kelishuv matnining bu oy imzolanishi kutilganini va bu doirada 3 yilda 15 ming kishining ta'limdan o'tishi mo'ljallanganini bildirmoqda.

Milliyat gazetasi, "Rossiyaning Turkiyadan go'sht olishi 6 barobarga chiqdi" deb yozgan xabarda, Ria Novostining xabariga ko'ra, Rossiya Federatsiyasining Avgust oyidan beri Turkiyadan olgan go'sht va go'sht mahsulotlarini ikki barbarga chiqardi. Rossiyaning Anqaradagi tijorat vakili Tofik Melikovning ma'lumotlariga ko'ra, Turkiyadan avgust oyidan beri 51,2 million dollarlik baliq mahsulotlari va 14,4 million dollarlik go'sht va go'sht mashulotlari import qilgan.

Sabah gazetasi, "Avftomobil sektori ayollarning qo'lida" deb yozgan xabarda, erkaklar hukumron bo'lgan avftomobil sektorida, ayol boshqaruvchilar soni kun o'tgan sari ortib bormoqda. Ayollar yuqori darajalaga chiqib, faol bo'lib, Turk avftomobil sektorini kelajakga tayyorlamoqda. Sektorning cho'qqasidagi ayol boshqaruvchilar soni ortib bormoqda. Endi, avftomobil dunyosi faqat erkaklar uchun emas. Million dollarlik budjetlar ayollar qo'lida.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar