Matbuot sharhlari 02.12.2014

Star gazetasi Rus energiya shirkati Gasprom direktori Aleksey Miller Turkiyada 63 milliard kuba metrga mo’ljallangan yangi quvur tarmoq qurilishini ma’lum qilganini yozdi.

211487
Matbuot sharhlari 02.12.2014



Star gazetasi, “Gaspromdan Turkiyaga yangi quvur tarmog’i” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Rus energiya shirkati Gasprom direktori Aleksey Miller Turkiyada 63 milliard kuba metrga mo’ljallangan yangi quvur tarmoq qurilishini ma’lum qilganini yozdi.
Yangi tabiiy gaz quvur tarmog’i 14 milliard kuba metri Ukrainadan keladigan tranzit gazni yetkazishini bildirgan Miller, bu tarmoq Yunoniston chegarasida tashkil qilinadigan tarqatish markaziga tahminan 50 milliard kuba metr tabiiy gaz keltirilishiga imkon yaratishini bildirdi.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an bilan o’tkazgan mushtarak matbuot anjumanida, Yunoniston chegarasida energiya markazi tashkil qilish uchun Turkiya bilan shartnoma imzolagani ma’lum qilindi.
Aksham gazetasi, Wal Street Journalning Turkiya bilan Amerika Suriya shimolida xavfsiz hudud tashkil qilish bo’yicha muzokara yuritgani haqidagi iddaosi yolg’on ekanini yozdi.
Pentagon kotibi mayor Steve Warren, “Turklar bilan muzokaralar davom etmoqda. Hozirda xavfsiz hudud tashkil qilish Suriya shimolidagi insonlar aholini yengillatmaydi”-dedi.
AQSh kotiblik voizi Jen Psaki xavfsiz hudud tashkil qilish bo’yicha Turkiya bilan muzokaralar davom etganini, bunga doir lekin aniq qarorga kelinmaganini bildirdi.
Hurriyat gazetasi, “Turk sudyaga Yevropa İnson haqlari mahkamasidan lavozim” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Yevropa İnson haqlari mahkamasi sudyalaridan İshil Karakash mahkamaning 5 bo’limidan biriga rahbar etib tayinlanganini yozdi.
İshil Karakash bundan oldin bo’lim rahbar o’rinbosari lavozimida xizmat ko’rsatgan edi.
Yangi lavozimda 3 yil xizmat ko’rsatadigan Karakash 1 yanvardan e’tiboran rahbarlik lavozimni rasman qabul qilib oladi.
İstanbulda tavallud topgan Karakash 2008 yildan beri Yevropa İnson haqlari mahkamasida sudya bo’lib ishlayotgan edi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar