Matbuot sharhlari 30.11.2014

Sabah gazetasi Misrni 30 yil davomida qattiqqo’llik bilan boshqargan va 2011 yil boshlarida Tahrir maydonidagi xalq qo’zg’aloni natijasida to’ntarilgan qonli diktator Husnu Muborak sudda oqlanganini xabar qildi.

209935
Matbuot sharhlari 30.11.2014



Sabah gazetasi, “Diktatorga ozodlik, demokratiyaga o’lim” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Misrni 30 yil davomida qattiqqo’llik bilan boshqargan va 2011 yil boshlarida Tahrir maydonidagi xalq qo’zg’aloni natijasida to’ntarilgan qonli diktator Husnu Muborak sudda oqlanganini xabar qildi.
Bundan oldin 239 namoyishchining o’limiga sabab bo’lganlikda ayblanib umrbod qamoq jazosiga mahkum qilingan Muborakning takror sudlanishi oqibatida aybsiz deb topilganiga e’tibor qaratildi.
Gazetaning yozishicha, sudda oqlangan Muborak bilan birga farzandlari va ikki vazir ham ozod bo’lgan.
Boshqa jinoyat kodeksi bo’yicha harbiy kasalxonada mahbuslik kunlarini o’tkazayotgan diktator Muborak bu qaror bilan ozodlikka chiqishi mumkin.
Harbiy to’ntaruv bilan lavozimdan chetlatilgan Misr davlat rahbari Muhammad Mursiy esa, o’lim jazosi talabi bilan sudlanmoqda.
Aksham gazetasi, “Gauckdan qahramonga maqtov” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Germaniya Prezidenti Joachim Gauck nemis qizlarni himoya qilayotgan paytda serb yoshlar tomonidan kaltaklanib komada yotgan paytda olamdan o’tgan turk talaba Tug’che Albayrakning oilasiga qo’ng’iroq qilib taziya bildirganini yozdi.
Germaniya Prezidenti Joachim Gauck, “Boshqalari yuzini o’g’irgan joyda Tug’che katta jasorat bilan nemis qizlarini himoya qildi”-dedi.
Vatan gazetasi, “Dunyoning duoga ehtiyoji bor” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Papa Francis İstanbulga tashrifi chog’ida dastlab, Sulton Ahmet jomeyini ziyorat qilganini yozdi.
Papaga hamrohlik qilgan İstanbul muftiyi Rahmi Yaran hozirda butun dunyoning duolarga ehtiyoji borligini aytishi bilan ikki din arbobi yonma-yon turib duo qildi.
Star gazetasi, “Halol turizmda jahon birinchiligi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, 15-Musiad Xalqaro ko’rgazmasi doirasida o’tkazilgan “Halol turizm” nomli anjumanda ishtirokchilar Turkiyaning manbalari yordamida dunyoning halol turizm yetakchisi bo’lishi mumkinligiga e’tibor qaratganini yozdi.
Anjumanga qatnashgan Xalqaro tadbirkorlar forumi rahbari Erol Yarar 1996 yili Turkiyaning Antaliya shahrida qurilgan halol turizm mehmonxonalari tobora rivojlanib borayotganini, halol turizm xalqning talablari asosida muhim omilga aylanganini tilga oldi.
Yeni shafak gazetasi, joriy yilning 10 oyi mobaynida İstanbul aeroportlariga kelgan yo’lovchi soni 195 davlatning aholi sonidan oshib ketganini yozdi.
Ushbu davr mobaynida Otaturk va Sabiha Go’kchen aeroportlariga 67 million 790 mingdan ziyod yo’lovchi kelgan.
2014 yilning 10 oyi ichida Turkiyadagi barcha aeroportlardan o’tgan yo’lovchi soni o’tgan yilning ayni davriga nisbatan 10% dan oshdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar