Matbuot sharhlari 24.11.2014

Milliyat gazetasi Turkiyaning Yevropa İttifoqiga a’zo bo’lishini qo’llab quvvatlagan Yevropalik siyosatchilardan Hannes Svoboda ikki tomon taraqqiy etish uchun bir-biriga ehtiyoji borligi haqida fikrga ega ekanini yozdi.

203587
Matbuot sharhlari 24.11.2014



Milliyat gazetasi, “Turkiyani qabul qilmasa yutkazadi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiyaning Yevropa İttifoqiga a’zo bo’lishini qo’llab quvvatlagan Yevropalik siyosatchilardan Hannes Svoboda ikki tomon taraqqiy etish uchun bir-biriga ehtiyoji borligi haqida fikrga ega ekanini yozdi.
Sabanji Universitetida o’tkazilgan “Yevropada Turkiyaning kelajagi” nomli anjumanda so’zga chiqqan Svoboda, “Turkiya Yevropa İttifoqiga a’zo bo’lmasa, ikki tomon ham yo’lida davom etadi, lekin siyosatimizni rivojlantirish fursatini qo’ldan boy beramiz. Turkiya va Yevropa İttifoqi mintaqadagi eng muhim siyosiy kuch sifatida birlashmasa, fursat qo’ldan ketadi. Menimcha muzokaralarni davom ettiraylik va aloqalarimizni mustahkamlashtirish uchun qadam tashlaylik”-dedi.
Aksham gazetasi, “Amerikadan Turkiya bayonoti” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Oq uydan oliy darajali bir vakil İSHİDga qarshi kurash doirasida İnjirlik havo harbiy bazasining koalitsiya samolyotlari tomonidan qo’llanilishiga doir turk vakillar bilan muzokara yuritilganini ma’lum qilganini yozdi.
Vatan gazetasi, “İMFdan ogohlantiruv hamda tabrik” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Xalqaro valyuta fondi İMF Turkiyaga doir 4-modda hisobotini e’lon qilganini yozdi.
Hisobotda turk vakillar joriy yil boshlarida yuzaga kelgan moliyaviy muvozanatsizlikni oqilona boshqargani uchun taqdirlanar ekan, turli tahlikalar va tadbiq etilgan makroiqtisodiy siyosatning yetarli emasligi borasida ogohlantirildi.
Sabah gazetasi, “Eng ko’p ishchi İroq va Rossiyaga ketmoqda” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiya ish tashkiloti vositasida 2000 yili chet elga jo’natilgan 13 ming 645 nafar bo’lgan ishchi soni, o’tgan yili 55 ming 369 nafarni tashkil qilganini yozdi.
Bulardan 33 ming 863 nafari joriy yilning dastlabki 10 oyi ichida jo’natildi.
Shuningdek, Turkiya ish tashkiloti vositasida Rossiyaga 7 ming 652 ishchi, İroqqa 6 ming 598 ishchi, Qozog’istonga 1784 ishchi jo’natildi.
Star gazetasi, “Russel Crowe: Geliboluda mustaqil millatni ishg’ol qildik” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Yangi Zellandiyada tug’ilgan Avstraliyalik aktyor va rejissiyor Russel Crowe Avstraliyadagi “Seven Network” kanalida Turkiyada tasvirga tushirilgan “The Water Diviner” filmi haqida savollarga javob berganini yozdi.
Russel Crowe; “Menimcha 100 yildan so’ng bu mifologiyaga aniqlik kiritishning vaqti yetib keldi. Biz mustaqil bir millatni ishg’ol qildik va bu kalimani hech tilga olmadik”-dedi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar