Matbuot sharhlari 12.11.2014

Star gazetasi Turkiya milliy futbol terma jamoasi bugun kechki soatlarda Braziliya terma jamoasi bilan bellashishini yozdi.

187838
Matbuot sharhlari 12.11.2014


Xabar turk gazetasi, “Vazir Volkan Bozkir ma’lum qildi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiya Yevropa İttifoqi vaziri Volkan Bozkir Brusselda Yevropa İttifoqining Amerika Qo’shma Shtatlari bilan Transatlantika shartnomasi tuzgani Bojxona birligiga qanday ta’sir ko’rsatishi haqida gapirib o’tganini yozdi.
Volkan Bozkir: “Bojxona Birligi vositasida bugun 150 milliard evrolik tijoratdan bahs yuritilmoqda. Yevropa İttifoqi boshqa davlatlar bilan shartnoma imzolaganda buning Turkiyaga avtomatik ravishda tadbiq etiladigan biron modda kiritilmagan. Kiritilishini talab qildik. Aks holda, Amerika mollarini bojxona solig’isiz Turkiya bozorlariga kiritishga majbur bo’lamiz. Bu esa, Turkiyaga yilda 2.5- 3 milliard dollar zarar keltiradi. Bundan kelib chiqqan holda Bojxona Birligini bir muddatga to’xtatish kabi majburiyatimiz bo’lishi mumkin”-dedi.
Yeni shafak gazetasi, “Din İshlari boshqarmasidan lotin tashabbusi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiya Din ishlari boshqarmasi Turkiyadagi diniy ta’lim va xizmatlaridagi tajriba va tassurotlarini Lotin Amerika davlatlarida yashagan musulmonlar bilan o’rtoqlashish maqsadida “1-Lotin Amerika davlatlari musulmon diniy yetakchilar” oliy yig’ilishiga mezbonlik qilganini yozdi.
Mazkur yig’ilishda Braziliya, Argentina, Meksika, Chili, Uruguay, Kuba, Kolombiya kabi 40 nafar Lotin Amerika davlatidan 75 musulmon olim İstanbulda to’planmoqda.
Yig’ilish vositasida mintaqadagi musulmon etnik xalqlar bilan doimiy aloqalarning yo’lga qo’yilishi maqsad qilinmoqda.
Aksham gazetasi, Qoradengizni Eronga bog’laydigan Jankurtaran tuneli tamomlanish arafasida ekanini yozdi.
Turkiyaning eng uzun tuneli bo’lgan bu loyihaning 70%i qurib bitkazildi. Bu tunelning ochilishi 2015 yili amalga oshiriladi.
Artvin xokimi Kemal Jiritning aytishicha, bu tunel 5 ming 200 metr uzunlikka ega bo’lib, Turkiyaning eng uzun transport yo’li tunellaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Sabah gazetasi, “Aholi Halapdan qochmoqda” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Suriyaning eng notinch shaharlaridan biri Halapda aholi jonini qutqarish uchun boshqa joylarga qocha boshlaganini yozdi.
Shaharda Beshar Asad rejimining qamali tufayli muholiflar qiyin ahvolda qoldi. Halap aholisi tirik qolish uchun Turkiya chegarasiga qochib keldi va bu yerda chegaradan o’tishga harakat qilmoqda.
Star gazetasi, “Turkiya va Braziliya milliy futbol terma jamoalari bugun bellashadi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiya milliy futbol terma jamoasi bugun kechki soatlarda Braziliya terma jamoasi bilan bellashishini yozdi.
İstanbuldagi Shukru Sarachog’lu stadionida Turkiya vaqti bilan soat 20:30da boshlanadigan musobaqada O’zbekiston Futbol Federatsiyasidan Ravshan İrmatov hakamlik qiladi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar