Matbuot sharhlari 09.11.2014

Sabah gazetasi, “Falastin davlat bo’lishi kerak” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Yevropa İttifoqi Tashqi aloqalar oliy maslahatchisi Federica Migherini G’azo ziyorati paytida butun dunyoni Falastinni bir davlat sifatida tan olishga chaqirganini yozdi.

186248
Matbuot sharhlari 09.11.2014



Sabah gazetasi, “Falastin davlat bo’lishi kerak” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Yevropa İttifoqi Tashqi aloqalar oliy maslahatchisi Federica Migherini G’azo ziyorati paytida butun dunyoni Falastinni bir davlat sifatida tan olishga chaqirganini yozdi.
Gazetaning yozishicha, hozirda o’ndan ziyod Yevropa davlati Falastinni tan olishga tayyorlanmoqda.
Star gazetasi, “İsroilning BMTda tarafdorlari bor” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiya Bosh vazir o’rinbosari Numan Kurtulmush, “47 yildan beri ilk marta İsroil askarlari Mesjid-i Aksaga bostirib kirdi. Butun dunyo bunga tomoshabin va hech qanday chora ko’rilmasligini ko’rasiz. Chunki, İsroil BMT xavfsizlik kengashidagi tarafdorlariga ishonadi”-deya ta’kidlaganini yozdi.
Yeni shafak gazetasi, “Vahshatga maqtov” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Amerika Harbiy bosh shtab rahbari Falastinda 490 bolaning qatl qilingani va 51 kun davom etgan hujumlar haqida gapirar ekan, “İsroilning tinch aholiga ko’rsatgan e’tibori taqdirga loyiq” deya ta’kidlaganini yozdi.
“Ulardan dars olish uchun harbiylarimni jo’natdim”-deya ta’kidlagan general Mertin Dempseyning bu izohi hatto İsroilni ham hayratga solganiga e’tibor qaratdi.
Aksham gazetasining iqtisodiyot sahifasida berilgan “Saflor o’simligini yetishtirish bo’yicha rekordga yaqinlashdik” sarlavhali xabarda, Turkiya o’simlik yog’i ishlab chiqarishda, oziq-ovqat, himiya, kosmetika sano’atida va biodizel ishlab chiqarishda foydalanilgan saflor o’simligini yetishtirishga katta ahamiyat berganini yozdi.
2002 yili 25 tonna yetishtirilgan saflor o’simligi 2013 yilga kelib 45 ming tonnani tashkil qildi.
Xabarga ko’ra, bu yil o’simlikni ishlab chiqarish jamini 76 ming tonnaga chiqarish maqsad qilinmoqda.
Vatan gazetasi, “Kasb-xunarlarning yarmi yo’qolib ketadi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, dunyoda 220 mutahassis, boshqaruvchi va tadbirkor yoshlar tomonidan tayyorlangan “Kelgusida ish joyi va kasblar” nomli hisobotida sun’iy zakoning rivojlanishi oqibatida hozirda hayotimizda mavjud bo’lgan kasblarning yarmi yo’qolishini nazarda tutganini yozdi.
Hisobotga ko’ra, 2025 yilda mushtariy xizmatlari va o’rta darajali boshqaruvchi vazifalari sun’iy zakoning rivojlanishidan salbiy ta’sir ko’radi.
Mutahassislarning fikricha, kelajakda bu kasblarda xizmat ko’rsatgan insonlarning o’rnini kompyuterlar egallaydi.
2030 yilga kelib turar-joy sotish va olish ishlari butunlay internet online orqali amalga oshiriladi.
Xabar turk gazetasi, sport sahifasida berilgan “Karateda ikki chempionlik” sarlavhali xabarda, Germaniyada o’tkazilgan 22-Jahon Karate chempionatida Turkiya milliy sportchilari o’z mahoratini ko’rsatganini yozdi.
50 kg vaznda Serap O’zchelik, erkaklarda esa, 84 kg vazn toifasida Enes Erkan jahon chempioni bo’lish baxtiga muyassar bo’ldi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar