Matbuot Sharhlari 07.11.2014

Amerikada Turk asilli hokim takror saylandi.

183999
Matbuot Sharhlari 07.11.2014

Aksham Gazetasi, "AQShda Turk hokim qayta sayandi" deb yozgan xabarda, AQShda, Turk hokim Jeyhun Karahan, Harris Country Jao Mahkamasi hokimlari uchun o'tkazilgan ovoz berishda birichi bo'lib chiqdi. Turk-Amerika jamiyatining bu o'lkadagi eng yuqori darajali mamuriy xodilari orasida joy olgan Jumhuriyatchi hokim Karahan, 54.41 foiz ovoz bilan Demokrat raqibi Kelli Johnsonni o'tib, qayta saylandi.

Sabah Gazetasi, "Suriyali talabalarga ta'lim haqqi berildi" deb yozgan xabarda, Shanliurfaning Siverek tumanida eski davlat kasalxonasining bir bo'limi, u yerda yashagan Suriyali bolalar uchun maktabga aylantirildi. Suriya sistemasiga ko'ra ta'lim bilan bir qatorda Turk tili ham o'rgatilmoqda, maktabga yozilgan 250 talabaga 11 nafar Suriyali o'qituvchi dars bermoqda.

Vatan Gazetasi, "Tashabbuskorlar Uyi Gaziantepda ochildi" deb yoritmoqda. Tashabbuskorlar uchun kuchlarini birlashtirgan Turk Ekonomika Banki (TEB) va Turkiya Eksportchilar Majlisining mushtarak loyihasi bo'lgan Tashabuskorlar Uyi kuchga kiradi. Eksport va chet elga sarmoya kiritish kuchiga ega texnologiya va programmalar ijod etgan tashabbuskorlar uchun vujudga kelgan Tasabbuskorlar Uyining birinchisi 5-7 Noyabr kunlari orasida Turkiya İnovatsiya Haftasi doirasida Gaziantepda ochildi.

Star Gazetasi, "Turkiyada ilk soy loyihasi" deb yozgan xabarda, Turkiyada birinchi, dunyoda nodir loyihalardan biri bo'lgan soy turizmining 2 yilda nihoyasiga yetishi mo'llajanmoqda. Yevropa İttifoqi Vazirligining himoyasida tartiblangan soylarni turizmga kiritish va shaharlarni tanitish bo'ladi.

Xabar Turk Gazetasi, "Qirol qotili İstanbulga keladi" deb yozmoqda  "Games of Thoren" serialining obrazi Jaime Lannesterni o'ynagan Nikolaj Coster-Waldau, İstanbulni ziyorat qiladi. Mashhur yulduz, 12 noyabr kuni uyushtiriladigan GQ Men of the year 2014 marosimiga ishtirok etib Yilning Xalqaro Yulduzi ukofotini oladi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar