Matbuot sharhlari 06.11.2014

Aksham gazetasi Turkiya İqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi 2002 yilgacha Turkiyaga kelgan to’g’ridan xorij investitsiyasi 14 milliard dollarni tashkil qilganini ma’lum qilganini yozdi.

183110
Matbuot sharhlari 06.11.2014


Aksham gazetasi, “Boshqa yomon senariyalari qolmadi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiya İqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi 2002 yilgacha Turkiyaga kelgan to’g’ridan xorij investitsiyasi 14 milliard dollarni tashkil qilganini ma’lum qilganini yozdi.
Zeybekchining aytishicha, xozirda bu raqam 150 milliard dollarga yetdi. Bu investitsiyaning 70%i Yevropa İttifoqi davlatlaridan kelmoqda.
Zeybekchi butun dunyoda iqtisodiy va moliyaviy tanglik hukm surar ekan, Turkiyada esa 12 yildan beri ketma-ket 5.1%lik rivojlanish kuzatilganini tilga oldi.
Star gazetasi, “Neft jangida 13 milliard dollar daromad” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Saudiya Arabistonning narxlarni tushirishi bilan neft bahosining arzonlagani Turkiyaning tabiiy gaz chiqimlarini kamaytirishini yozdi.
Neftda 4 yarim oy ichida 33 dollarlik pasayishning Turkiyaga yilda keltirgan foydasi 13 milliard dollarni tashkil qildi.
Yeni shafak gazetasi, “Qoradengizni oyoqqa turgizadigan loyiha” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Orduning Gulyali tumanida qurilayotgan ulkan Ordu-Giresun aeroportiga quyi va yuqori qavatlari bilan birga jami 290 million lira sarf qilinishini yozdi.
Mazkur aeroport 2015 yilning mart oyida xizmatga topshirilishi rejalanmoqda.
Hurriyat gazetasi, “5 oylik chaqaloqqa anjio amaliyoti amalga oshirildi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Pamukkale universiteti kasalxonasida tug’ma yurak kasali bo’lgan 5 oylik chaqaloq amalga oshirilgan anjio aperatsiyasidan so’ng sog’ayib ketganini yozdi.
Mazkur jarrohlik amaliyoti haqida ma’lumot bergan Prof.Dr Dolunay Gurses, “Tug’ma yurak kasalligiga chalingan bemorlar uchun diagnoz qo’yish va uni davolashda anjiografiya usulidan foydalanish juda muhim. Bo’limimizda bunday tibbiy jarrohlik amaliyotlari qilingani kasalxonamiz va Denizli tumanimiz uchun g’ururdir”-dedi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar