Matbuot Sharhlari 04.11.2014

Turkiyaga sarmoya uzluksiz kiritilmoqda.

180201
Matbuot Sharhlari  04.11.2014

Yeni Shafak Gazetasi, "Turkiya energiya o'lkasi bo'ladi" deb yozmoqda. Turkiya chet ellik investitsiyalarning markazi bo'lishga davom etmoqda. Chegaradagi qo'shnu davlatlardagi siyosiy o'zgarishlar va bu bilan aloqali urush muhitiga qaramay, xorijiy sarmoyadorlar Turkiyadan voz  kechmayotir. Bunga namuna sifatida joriy yilning ilk 8 oyi ichida 8 milliard dollarlik sarmoyaning Turkiyaga kelganini berish mumkin. Chet ellik sarmoyadorlar ham sheriklik ham bo'lib eng ko'p energiya sohasiga qiziqish ko'rsatilmoqda. O'tgan yil faqat energiya sektorida 2,5 dollarlik xorijiy sarmoya kiritildi.

Aksham Gazetasi, "Energiya sohasida Yevropa İttifoqiga mos bo'lish uchun yo'l xaritasi belgilandi" deb yozgan xabarda, Turkiyaning Yevropa İttifoqiga qo'shilish uchun energiya sohasida orasida tabiiy gaz bozorlarida xususiy sektor ulujining ortishi va qayta ishlab chiqarilgan energiya manbalariga jalb qilish maqsadi bilan o'zgarishlar kiritish nazarda tutilmoqda. Yevropa İttifoqi ma'lumotlarida 15. bo'lim sifatida joy olgan Energiya Fasli, siyosiy to'siqlar tufayli muzokoraga ochilmagan edi.

Milliyat Gazetasi, "TPAO neft tozalash faoliyatini orttirdi" deb yozgan xabarda, Turkiya Neftlari Anonim Sherikligi Adiyaman Hududi Direktori, so'ngi yillardagi tashabbuslar bilan neft tozash va ishlab chiqarish faoliyatlari ortdi. Adiyamanda 35 shada 250 quvurda kundalik 9 ming baril neft ishlab chiqargan TPAO, 2003 yili faqat 3 quvurda neft tozalab chiqarar ekan, 2014 bu raqam 50 ga ko'tarildi.

Sabah Gazetasi, "Tabiiy gazda savdolashuv jarayoni boshladi" deb yozgan xabarda, Rus Energiya shirkati Gazprom Rahbar O'rinbosari Alexander Medvedev, Turkiyaning 2015 yili 1 yanvar kunidan e'tiboran ta'luqli bo'lgan tabiiy gaz talabini muhokama qilish uchun Anqarada uchrashuvlar o'tkazdi. Medvedev keyinchalik bergan bayonotida, Turkiyaning talabi doirasida tabiiy gazning narxini ko'zdan kechirish uchun keng ko'lamli bir yechim paketi ustida faoliyat olib borganliklarini ma'lum qildi.

Hurriyat Gazetasi, "Juda ijobiy vaziyatda" deb yozgan xabarda, Markazi Washingtonda bo'lgan PEW Tadqiqot markazi tomonidan chop etilga Kurraviy Tamoyillar Loyihasi qiziq ma'lumotlarga o'rin berdi. PEW ning anketasi, 17 Mart 5 İyul kunlari orasida 43 o'lkada 47 ming 643 kishi bilan o'tkazildi. Rivojlangan va rivojlanayoptgan o'lkalar orasida 5 yildan keyingi kelajak bilan aloqali ijobiy tushunchada bo'lganlarning Bolqon xalqi bilan Turklar chiqdi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar