Matbuot sharhlari 31.10.2014

Aksham gazetasi, “Asad-terrorning homiyi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, terror tashkiloti İSHİDning “Turkiya orqali neft sotgani” haqidagi iddaolarning yolg’onligi aniqlanganini yozdi.

176154
Matbuot sharhlari 31.10.2014


Aksham gazetasi, “Asad-terrorning homiyi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, terror tashkiloti İSHİDning “Turkiya orqali neft sotgani” haqidagi iddaolarning yolg’onligi aniqlanganini yozdi.
Gazetaning yozishicha, İSHİD qo’lidagi neftni asosan Suriya rejimiga sotmoqda. İSHİD qo’lga olgan neft stansiyalaridagi neftning katta qismini to’g’ridan Beshar Asad hukumatiga sotmoqda.
Asosan Rakka hududidagi neft bu yo’l orqali sotilmoqda. Qolaversa, İSHİD qo’lidagi neftni Eron orqali o’tib, Dubaidan boriladigan xalqaro bozorlarga tarqatmoqda.
Xabar turk gazetasida chop etilgan “Amerikadan Turkiya bilan bog’liq iddaoga javob” sarlavhali xabar diqqatlarni o’ziga jalb qiladi.
AQSh kotibligi voizi Jen Psaki Vashington Post gazetasining bugungi sonida chop etilgan “Turkiya bilan Amerika hamkorligiga darz ketdi” shaklidagi xabar haqida, “Har o’qigan xabaringizga ishonmang, chunki Turkiya faqatgina NATOning muhim ittifoqdoshi bo’libgina qolmasdan, ayni paytda İSHİDni bartaraf etish say-harakatlari bo’yicha ham hamkor hisoblanadi. Turkiya bilan bir qator mavzuda hamkorlik qilyabmiz”-dedi.
Sabah gazetasi, “Moody’s Turkiya iqtisodiyotini ko’zdan kechiradi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Moody’s 5 noyabr kuni Chirag’an saroyida Turkiya iqtisodiyotiga bag’ishlab “Turkiyaning kredit tavakkali” nomli konferensiya o’tkazishini yozdi.
Mazkur konferensiyada Turkiyaning jamoatchilik qarzi, Turk banklari, Turk shirkatlari, Turkiyadagi poydevor faoliyatlari, Turkiyaning foiz ta’minotiga olingan ko’chmas mulk va islomiy bankchilik kabi mavzular ko’zdan kechiriladi.
Yeni shafak gazetasi, “Bojxonadan kirgan mahsulotlarning barchasi x-ray sistemasidan o’tkaziladi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Kapikule bojxonasida tekshiruv o’tkazgan Turkiya Bojxona va tijorat vaziri Nurettin Janikli yo’qolgan mollar, noqonuniy ravishda keltirilgan mollar va giyohvand moddalarning kirishini oldini olish bo’yicha “x-ray” sistemasi katta foyda keltirganini ma’lum qilganini yozdi.
Nurettin Janikli: “Asosiy maqsadimiz Turkiyaga kirib kelgan barcha mahsulotlarni “x-ray” sistemasidan o’tkazish. Ayni shaklda Turkiyaga kelgan barcha kargo va konteynerlar “x-ray” nazoratidan o’tkaziladi. Agar buni uddalaydigan bo’lsak, bojxona nazorati bo’yicha dunyoda yakka davlat bo’lamiz”-dedi.
Star gazetasi, “Kars kichkina Xitoy bo’ladi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Osiyoni Yevropaga bog’laydigan temir yo’li uchun markaz bo’lgan Kars shahridagi Qo’shma sano’at hududida bo’sh o’rin qolmaganini yozdi.
Ruslar shaharda investitsiya uchun bo’sh yer maydoni qidirmoqda. Kars shahriga kiritiladigan xalqaro investitsiyalar bilan shahar kichkina Xitoyga aaylantirilishi ifoda etilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar