Matbuot sharhlari 29.10.2014

Sabah gazetasi, “Respublikamiz 91 yoshda” sarlavhasi bilan bergan xabarda, 29 oktyabr Jumhuriyat bayramiga keng o’rin berdi.

173815
Matbuot sharhlari 29.10.2014


Sabah gazetasi, “Respublikamiz 91 yoshda” sarlavhasi bilan bergan xabarda, 29 oktyabr Jumhuriyat bayramiga keng o’rin berdi.
Bu bayramning ahamiyatiga e’tibor qaratgan gazeta, 9 yildan keyin Turkiya Respublikasi 100 yoshga to’lishini yozdi.
Hurriyat gazetasi, Jumhuriyat bayrami munosabati bilan bergan xabarida, Yunonistonning Selanik shahridagi Otaturk uyi Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan turli muzeylardan to’plangan Otaturk ashyolari bilan boyitilganini yozdi.
Bu muzeyning bugun yangilangan holda rasmiy ochilishi o’tkazildi.
Muzeyda Ulug’ dohiy Mustafo Kamol Otaturkning onasi Zubeyda honimning silikondan yasalgan haykali ham namoyish qilinmoqda.
Yeni shafak gazetasi, “Berlinda qochqinlar masalasi muhokama qilindi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Germaniya Suriyaga qo’shni davlatlarga sig’ingan qochqinlarning kelajagiga bag’ishlangan xalqaro konferensiyaga mezbonlik qilganini yozdi.
“Mintaqada barqarorlik ta’minlash va Suriyalik qochqinlarning ahvoli” nomli xalqaro konferensiyaga Turkiyadan Tashqi ishlar vazir o’rinbosari Naji Koru ishtirok etdi.
Konferensiyada Suriyalik 3.2 million qochqinga yordam faoliyatlarini uyushtirish masalasi ko’rib chiqildi.
Aksham gazetasi, “Turkiya bilan muzokaralarning takror boshlanishidan mamnunmiz” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Yevropa parlamenti deputati va Turkiya bilan Yevropa ittifoqi qo’shma parlament komissiyasi bo’lim yetakchisi Juniel Fanuelning izohiga o’rin berildi.
Fanuel Turkiya bilan bo’lgan muzokaralarning takror yo’lga qo’yilishidan baxtiyor ekanini tilga oldi.
Shuningdek, Yevropaning bir hristiyan klub ekani haqidagi tushuncha dunyoviylik tamoyilidan voz kechish ma’nosini bildirgani tufayli juda tahlikali ekaniga e’tibor qaratdi.
Star gazetasi iqtisodiyot sahifasida berilgan “3 bankdan 779 million daromad” sarlavhali xabarda, turk banklari dastlabki 3 oylik hisobotlarini e’lon qila boshlaganini yozdi.
Kecha finans natijalarini ma’lum qilgan 3 nafar bank 9 oyda jami 779 million lira foyda qo’lga kiritgan.
Milliyat gazetasi, “Bo’g’azning tagi 2016 yilda mashina bilan to’ladi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Transport, dengizchilik va xabarlashuv vaziri Lutfi Elvan İstanbul bo’g’azi tagidan transport yo’li o’tkaziladigan Yevrosiyo tuneli 2016 yil yakuniga kelib bitkazilishini tilga olganini yozdi.
Lutfi Elvanning aytishicha, dengiz tubidagi tunelning 5.4 kmdan jami 1.27 kmlik qismi qurib bitkazilgan.
Yevropa va Osiyo qit’alarini dengiz tubidan rayli sistema bilan bir-biriga bog’laydigan Marmaray loyihasi esa, bugun 1 yoshini qutlamoqda.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar