Matbuot sharhlari 26.10.2014

Yeni shafak gazetasi, “D-8ga kuzatuvchi mavqei berildi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, rivojlangan 8 davlatga BMT kuzatuvchisi mavqei berilganini yozdi.

171502
Matbuot sharhlari 26.10.2014



Yeni shafak gazetasi, “D-8ga kuzatuvchi mavqei berildi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, rivojlangan 8 davlatga BMT kuzatuvchisi mavqei berilganini yozdi.
Pokiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, dekabr oyida Turkiyada amalga oshiriladigan oliy yig’ilishda kelgusidagi shartnomalar va loyihalarga doir amaliy reja tasdiqlanadi.
1997 yili Turkiya boshchiligida tashkil topgan D-8 guruhi Turkiya, Pokiston, Nigeriya, Malayziya, Eron, İndoneziya, Misr va Bangladeshdan tashkil topganini yozgan gazeta, guruhning doimiy kotibligi İstanbulda joylashganini yozdi.
Sabah gazetasi, “Eboladan 4922 inson nobud bo’ldi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti 8 davlatda ebola virusiga chalingan bemorlar soni 10 ming 141 nafarga yetganini, o’lganlar soni esa, 4 ming 922 nafarni tashkil qilgani haqida ma’lum qilganini yozdi.
G’arbiy Afrika davlatlari Liberiya, Sierra Leone va Ginedan tashqari dunyo bo’yicha 27 kishi virusga chalingani, bulardan 10 nafari hayotdan ko’z yumgani ifoda etildi.
Star gazetasi, “Xorijliklar davolanish uchun kelmoqda” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiya davolanish maqsadida kelgan xorijliklarning e’tiboridan joy ola boshlaganini yozdi.
Har yili 300 mingdan ziyod turist Turkiyaga davolanish uchun kelmoqda.
Vatan gazetasi iqtisodiyot sahifasida berilgan “Mato ustalari İstanbulga kelmoqda” sarlavhasi bilan bergan xabarda, 29-31 oktyabr kunlari İstanbulda global markalar va taniqli modalyerlar ishtirokida Premiere Vision ko’rgazmasi ochilishini yozdi.
Mazkur ko’rgazmaga dunyo yulduzi deb ko’rsatilgan ba’zi markalar o’z boshqaruvchilari bilan qatnashadi.
Aksham gazetasi, “Turkiya serial eksportida Amerikadan keyin 2-o’rinda” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiya 200 million dollarlik serial eksporti bilan Amerikadan keyin 2-o’rinda turganini yozdi.
2023 yili 2 milliard dollarlik eksport amalga oshirishga tayyorlangan turk fil’m sektori serial va kinofil’mlar bilan Turkiyaning dunyodagi reklamasiga hissa qo’shishni maqsad qilmoqda.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar