Matbuot Sharhlari 24.10.2014

Peshmergalar Turkiya ustidan Suriyaga o'tadi.

169259
Matbuot Sharhlari 24.10.2014

Hurriyat Gazetasi, "Anaqara havo yo'lini tanladi" deb yozgan xabarda, İroq Kurt Mintaqaviy Boshqaruv Majlisining 200 nafar qurolli Peshmergani Kobaniga yuborishga qaror bergandan keyin, Peshmergalarning qanday o'tishi bilan aloqali Maxfiy Xabarlashuv Tashkiloti va İroq Kurdiston Yurtsevarla İttifoqi vakillari o'rtasida uchrashuvlarning davom etgani bildirilmoqda. Turk tomonining rejasiga ko'ra Peshmergalarning o'tishi Erbildan havo yo'li orqali Shanliurfada bo'ladi. Bu yerdan esa to'g'ridan Suruchga ketib Murshitpinardan Suriya tuproqlariga o'tkaziladi.

Vatan Gazetasi, "Turkiya uchun muhim xabar" deb yozmoqda, İqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti (OECD) qoshida qorapulga qarshi kurashish maqsadi bilan vujudga kelgan Moliyaviy Faoliyat Vazifa Kuchi (FATF), Rahbari Roger Wilkins boshchilida Parijda o'tkazilgan yig'ilishda Turkiyani kuzatish jarayonini tark etishga qaror berdi. Yig'ilishda chop etilgan 15. hisobotda, Turkiyaning qora pulni oqlash va terrorga qarshi kurash va kamchiliklarni bartaraf qilish mavzusiga ijobiy o'zgarishlar amalga oshirganini bildirdi.

Yeni Shafak Gazetasi, "Ayollarni ish bilan ta'min etish nispati 41 foiz bo'ladi" deb yozmoqda. Turkiya İsh Kengashi (İSHKUR) Bosh Direktori O'rinbosari Jafer Uzunkaya, ayollarni ish bilan ta'min ettirshni ortirish uchun faoliyat olib borganliklarini bildirib, "26 foiz bo'lgan ish bilan ta'min etish nispati, 31 foizga ko'tarilgandir. Maqsadimiz buni yaqinda 35 foizga chiqarish, 2023 yili esa 41 foizga ko'tarishdir" dedi.

Sabah Gazetasi, "3. ko'prikning 322 metrlik bo'limi qurildi" deb yozmoqda. Osiyo bilan Yevropani bir-biriga ulaydigan Yavuz Sulton Selim Ko'prining qurilishi jadal davom etmoqda. Ko'prikning 322 metrlik bo'limi nihoyasiga yetdi. Kengligi 58,5 metr bo'lgan ko'prik ikki tomonli qatnovi bilan 8 bo'limdan tashkil topmoqda. Ko'prikning o'rtasida esa 2 bo'lim poyezd rels yo'li bo'ladi.

Xabar Turk Gazetasi, "Trabzonsport va Beshiktash g'alabasi" deb yozmoqda, UEFA Yevropa Lili L guruhidagi matchda, Trabzonsport Belgiya jamoasi Lokerenni 2-0 hisobida mag'lub etdi. 6 bal yuksalib g'alaba keltirgan gollarni, Yatabare va Constantin urdi. Boshqa tomonda, C guruhi uchinchi matchda Beshiktash ham, Serbiya Jamoasi Partizanni 4-0 hisobida mag'lub etdi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar