Matbuot sharhlari 19.10.2014

Radikal gazetasi, “Turkiya chegaralari ichida xavfsiz hudud ishorasi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiya Bosh vazir o’rinbosari Numan Kurtulmushning ifodalariga o’rin berdi.

162726
Matbuot sharhlari 19.10.2014


Radikal gazetasi, “Turkiya chegaralari ichida xavfsiz hudud ishorasi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiya Bosh vazir o’rinbosari Numan Kurtulmushning ifodalariga o’rin berdi.
Numan Kurtulmush; “Biz o’z chegaralarimiz ichida xavfsiz hudud tashkil qilishimiz mumkin. Bunga doir faoliyatlar olib borilmoqda. Harbiy jihatdan chegaralarimizi mustahkamlashtirish, hamda tashqaridan birdaniga qochqinlar oqimi keladigan bo’lsa, ularni qabul qiladigan xavfsiz hudud tashkil qilish bo’yicha muhokama ketmoqda”-dedi.
Star gazetasi, “Yevropa İttifoqi komissiyasi Turkiya uchun Avstriyani sudga berdi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Yevropa komissiyasi Turkiya fuqarolariga tadbiq etilgan viza bilan yashash imkonini davlat kafolatiga olmagani sababli Avstriya ustidan Yevropa Adolat devoniga shikoyat qilganini yozdi.
Yevropa komissiyasi 2014 yilning aprel oyida Avstriya hukumatini bu mavzuda rasmiy tartibotni yo’lga qo’yishga chaqirgan edi.
Hukumat masalani davlat qoidalariga ko’ra hal qilganini ilgari surib, rasmiy tartibot talabini qabul qilmagan edi.
Aksham gazetasi, “Erog’ludan Ban Ki Moonga maktub” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Dervish Erog’lu Kipr muzokara jarayonidagi so’ngi o’zgarishlarga doir BMT Bosh kotibi Ban Ki Moonga maktub yozganini xabar qildi.
Erog’lu maktubda Kipr Rum tomonning adolatli, muzokara qilingan bir yechimga erishish uchun shartsiz muzokaralarga qatnashishini talab qildi.
Yeni shafak gazetasi, Suriya xalqining do’stlari guruhiga a’zo davlatlardan ba’zilarining elchilari bilan İstanbulda uchrashgan Suriya Muholif va İnqilobchi kuchlar milliy koalitsiyasi rahbari Hadi El-Bahra qochqinlarning va mamlakatning ba’zi shaharlarida qamalda bo’lgan Suriya aholisining qishga tayyorgarlik ko’rishi kerakligiga e’tibor qaratganini yozdi.
Bahra Suriya xalqining do’stlari guruhiga a’zo davlatlardan bu masalada yordam talab qildi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar