Matbuot sharhlari 16.09.2014

Star gazetasi, “Kerak bo’lsa aloqani uzamiz” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an, Qatarga amalga oshirgan ikki kunlik rasmiy ziyoratini yakunlab Turkiyaga qaytganini yozdi.

127667
Matbuot sharhlari 16.09.2014


Star gazetasi, “Kerak bo’lsa aloqani uzamiz” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiya Prezidenti R.T.Erdog’an, Qatarga amalga oshirgan ikki kunlik rasmiy ziyoratini yakunlab Turkiyaga qaytganini yozdi.
Samolyotda muhbirlarning savollariga javob bergan Erdog’an, xalqaro kredit darajalantirish tashkilotiga doir fikr bildirdi.
Erdog’an, “U tashkilotning Turkiya haqidagi mulohazalari ish yuzasidan emas, balki siyosiy jihatdan qilingan. Biz ularning yordami bilan bu vaziyatga kelmadik. Agar bu munosabatini davom ettiradigan bo’lsa, ular bilan aloqani to’xtatishni hukumatga tavsiya qilaman”-dedi.
Milliyat gazetasi, “700 futbol maydoni kattaligida” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Koniyaning Ereyli tumanida 1 yarim million daraxt mavjud bo’lgan jami 700 futbol maydoni kattaligidagi olma bog’i Yevropa bo’yicha eng katta meva bog’laridan biri ekanini yozdi.
1999 yilda hosil olina boshlagan bog’dan yilda 20 ming tonna olma xorijga eksport qilinmoqda.
Bog’da tahminan 1 yarim million olma daraxti mavjud bo’lib, olmalarni quyosh, do’l va kuchli shamol kabi tabiat hodisalaridan saqlash maqsadida bog’ning usti to’rlar bilan yopilgan.
Yeni shafak gazetasi, Turkiyada Sog’liqni saqlash vazirligi xorijdan import qilingan va narxi qimmat bo’lgan dorilarni Turkiyada ishlab chiqarish uchun zarur faoliyatlarni yo’lga qo’yganini yozdi.
Sog’liqni saqlash vazirligi maslahatchisi Eyup Gumushning fikricha, Turkiya tibbiy jihoz va dori-darmon bo’yicha chetda to’be bo’lmasligi kerak.
Uning aytishicha, xozirda Turkiyada Salomatlik instititutlari rahbariyatiga qarashli Biotexnologiya institutida dori ishlab chiqarishga doir faoliyatlar yo’lga qo’yilmoqda.
Vatan gazetasi, “Amerikadan Suriyalik qochqinlarga yordam” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Amerika Suriyaga qo’shni davlatlarda yashayotgan qochqinlarga qo’shimcha yordam o’tkazishini bildirib, buning 47.4 million dollari Turkiyaga berilishini xabar qildi.
Amerikaning Ommandagi elchixonasi ma’lum qilishicha, Suriyalik qochqinlarga boshpana bergan Livanga 103.8 million, İordaniyaga 56.7 million, İroqqa 29.7 million va Misrga esa, 15 million dollar bo’lib, jami 250 million dollar qo’shimcha yordam o’tkaziladi.
Sabah gazetasi, dunyo bo’ylab taniqli megastar Tarkan İstanbuldagi konsertlarini yakunlaganini yozdi.
9 kechada jami 65 ming muhlisiga konsert bergan Tarkan, bu konsertlardan 8 trillion daromad qildi.
Tarkan İstanbul Harbiye ochiq havo maydonida 1998 yilning 29 avgust kuni dastlabki konsertini bergan edi.
Bugungacha jami 32 marta ochiq havo maydonida konsert bergan Tarkan bu yilgi 9 konserti bilan Harbiye ochiq havo maydonida 16 yil ichida jami 265 ming muhlisga konsert bergan bo’ldi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar