Matbuot sharhlari 18.08.2014

Hurriyat gazetasi Karamanda asosan pechenye mahsulotlari bo’yicha İroq va Suriyaga amalga oshirilgan eksport, İSHİD terror tashkilotining hujumlari sababli zararga uchraganini yozdi.

94723
Matbuot sharhlari 18.08.2014

Hurriyat gazetasi, “İSHİD Karamanning eksportiga zarar berdi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Karamanda asosan pechenye mahsulotlari bo’yicha İroq va Suriyaga amalga oshirilgan eksport, İSHİD terror tashkilotining hujumlari sababli zararga uchraganini yozdi.

O’tgan yili 120 million dollar atrofida pechenye mahsuloti eksport qilinar ekan, hujumlar tufayli bu raqamning 80-70 million dollarga kamayganligi kuzatildi.
Milliyat gazetasi, “New York Timesdan Turkiyaga minnatdorchilik” sarlavhasi bilan bergan xabarda, New York Times gazetasi sohibi Arthur Sulzberger Turkiyaga qarashli Tabiiy ofatlar va favqulodda holatlar boshqarmasi rahbari Fuat Oktayga maktub yozib, İroqda yazidiy qavmiga insonparvarlik yordamini olib ketayotgan vertolyotdagi fojia paytida yaralangan gazetaning Parijdagi vakili Alissa Rubin va foto muhbir Adam Fergusonning İstanbulga olib kelinishi masalasida Turkiyaning ko’rsatgan say-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirganini yozdi.
Yeni shafak gazetasi, “İstanbul 130 davlatni ortda qoldirdi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Respublika tuzilgan dastlabki yillarda ya’ni, 1927 yili 806 ming 863 nafar aholiga ega bo’lgan İstanbul, 2013 yilning oxirlariga kelib, 14 million 160 ming 467 aholi soniga erishib, ulkan metropolga aylanganini yozdi.
Turkiya Statistika tashkilotining hisobotiga ko’ra, 76.6 million aholiga ega bo’lgan Turkiyaning 18.4%ini İstanbul aholisi tashkil qiladi.
Yana ham aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, mamlakatdagi har 100 kishidan 18 tasi İstanbulda istiqomat qiladi.

Aholi soni bilan Kuba, Belgiya, Yunoniston, Mojariston, Tunis, Portugaliya, Chexiya Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari, Shvetsiya, Belorusiya, Shveysariya, Avstriya kabi jami 130 davlatni ortda qoldirgan İstanbul oxirgi 5 yil ichida aholi sonini yana 1 million 245 ming 309 kishiga ko’paytirdi.
Sabah gazetasi, “Eron Turkiyaga tabiiy gaz eksportini oshiradi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Eron Tebriz shahridagi tabiiy gaz bosim muassasasining hajmini yanada kengaytirib, Turkiyaga eksport qilingan tabiiy gaz hajmini kundalik 60 million kuba metrga chiqarishni rejalashtirganini yozdi.
İRNA xabar agentligining bergan xabariga ko’ra, Eron Milliy Gaz shirkati rahbari Abdulhuseyin Semeri, bu muassasa kelgusi kunlarda qurila boshlashini bildirib, kundalik 36 million kuba metr bo’lgan tabiiy gaz hajmi loyiha davomida 53 million kuba metr, loyiha yakunlaanganda esa 60 million kuba metrga chiqarilishini bildirdi.
Xabar turk gazetasi, “Yevropani ortda qoldirdik” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Transport, dengizchilik va xabarlashuv vaziri Lutfi Elvan Yevropa bo’yicha kundalik havo transport qatnovining ortishi bo’yicha Turkiya birinchi o’rinda ekanini ma’lum qilganini yozdi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar