Matbuot sharhlari 11.08.2014

Star gazetasi Turkiya xalqi tarixda ilk marta o’z prezidentini saylash uchun ovoz berganini va Bosh vazir R.T.Erdog’anni Turkiya Respublikasining 12-Prezidenti etib saylaganini yozdi.

87128
Matbuot sharhlari 11.08.2014

Star gazetasi, “Millatning rahbari” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiya xalqi tarixda ilk marta o’z prezidentini saylash uchun ovoz berganini va Bosh vazir R.T.Erdog’anni Turkiya Respublikasining 12-Prezidenti etib saylaganini yozdi.

2071 yilni ko’zlagan Erdog’an, 12 yilda 9 marta ketma-ket g’alabasini e’lon qildi.
Ak Partiya markaziy binosi oldida to’plangan xalqqa hitob qilgan Erdog’an, o’ziga ovoz bergan va bermagan barcha fuqarolarga minnatdorchilik bildirdi.
Sabah gazetasi, “Rahbarimizni sayladik” sarlavhasi bilan bergan xabarda, turk xalqi kecha tarix yozganini ma’lum qildi.
Gazetaning yozishicha, Bosh vazir R.T.Erdog’an Turkiya Respublikasining 68 yillik demokratiya tarixida xalq tomonidan saylangan dastlabki prezident bo’lish baxtiga muyassar bo’ldi.
Turkiyaning yangi prezidenti R.T.Erdog’an so’zlagan nutqida, “Bu saylovda g’alaba qozongan faqatgina Erdog’an emas, balki milliy iroda, demokratiya g’alaba qozondi. Chin ko’ngildan, samimiy aytamanki, 77 million aholining har biri uchun bu saylovning mag’lubi yo’q. Faqatgina menga ovoz berganlarning emas, balki butun 77 million aholini bag’rimga bosadigan davlat rahbari bo’laman”-dedi.
Xabar turk gazetasi, “Erdog’anning tarixiy g’alabasi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiya ilk marta o’z davlat rahbarini demokratik yo’llar bilan saylovda ovoz bergan holda saylaganini yozdi.
Gazetaning yozishicha, Bosh vazir Erdog’an saylovni “Xalq milliy irodasini namoyon qildi”-deya sharhladi.
Vatan gazetasi, “Cho’qqiga chiqdi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Bosh vazir Erdog’an 12 yilda 9 marta ketma-ket saylovlarda g’alaba qozonganini, hatto ilk bosqichdayoq Chankaya ko’shkining sohibi bo’lganini yozdi.
Hurriyat gazetasi, “İlk bosqichda Ko’shk” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Bosh vazir Erdog’an ilk bosqichda Turkiyaning 12-prezidenti etib saylanib, jami 9-g’alabasini qo’lga kiritganini yozdi.
Erdog’an bu galabasi bilan 5 yil Prezidentlik lavozimi bilan Chankaya ko’shkida xizmat ko’rsatadi.
Milliyat gazetasi, “Erdog’anning zafari qutlandi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, mamlakatning turli markazlarida Ak partiya mansublari bayram dasturlarini uyushtirganini yozdi.
Erdog’anning prezident etib saylanganini nishonlagan aholi har bir shaharda bayram o’tkazdi.
Yeni shafak gazetasi, “Yana bolalar nobud bo’lmoqda” sarlavhasi bilan bergan xabarda, sulh tuzish say-harakatlari natijasiz yakunlanishi bilan hujumlarini takror davom ettirgan İsroil yana bolalarni nishonga olganini yozdi.
İsroil jangovar samolyotlari G’azoning Deyr-El Belah hududiga havodan hujum qildi.
Hujumda 13 yoshdagi Ahmed El Misri hayotdan ko’z yumdi, 3 kishi yaralandi.
Han Yunusda bir uyning portlatilishi oqibatida bir ayol hayotdan ko'z yumdi.
1 oydan beri davom etayotgan İsroil hujumlarida jami 1918 aholi nobud bo’ldi.


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar