Matbuot sharhlari 06.08.2014

Vatan gazetasi G’azoda maktablarning portlatilganligi va tinch aholiga o’q uzilganligi Falastin hukumatini harakatga tushirganini yozdi.

81356
Matbuot sharhlari 06.08.2014


Vatan gazetasi, “Urush jinoyati bo’yicha ayblash uchun murojaat” sarlavhasi bilan bergan xabarda, G’azoda maktablarning portlatilganligi va tinch aholiga o’q uzilganligi Falastin hukumatini harakatga tushirganini yozdi.
Falastin Tashqi ishlar vazirligi Xalqaro jazo sudiga murojaat qilib, İsroilga jazo berilishini talab qildi.
Yeni shafak gazetasi, “Yaramizga malham topyabmiz” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Ahmet Davutog’lu sulh tuzilgani sababli G’azoda darhol talofatlar aniqlanib, chora ko’rilishi zarur ekanligini tilga olganligini yozdi.
Davutog’lu, “Hududga yetib borgan mutahassislarimiz G’azoni qaytatdan tiklash va kundalik hayotni izga tushirish uchun say-harakatlarini ayamayotir”-dedi.
Sabah gazetasining iqtisodiyot sahifasida berilgan “Turk iqtisodiyoti yetukligini isbotladi” sarlavhali xabarda, xizmat muddati tugagan İMFning Turkiyadagi vakili Mark Lewis, “Kurraviy inqirozga qaramasdan Turkiya iqtisodiyoti mustahkamligi bo’yicha o’zini isbotladi”-deya ta’kidlaganini yozdi.
Lewis Turkiya bundan buyon qarz olgan davlat emas, balki boshqa davlatlarga qarz bergan davlatga aylanganiga e’tibor qaratdi.
Yeni shafak gazetasi, “Mudofaada yuqori pog’onaga ko’tarildik” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turk Mudofaa sano’ati tashkiloti ASELSAN ya’ni Harbiy elektronik mahsulotlarini ishlab chiqarish sano’ati dunyoning eng katta 100 mudofaa sano’ati tashkilotlari ro’yxatida yuqori o’rinlarga ko’tarila boshlaganini yozdi.
Amerikada nashr qilingan haftalik “Defense News” jurnali tomonidan berilgan ro’yxatda ASELSAN o’tgan yili 74- o’rinda ekan, bu yil 67-o’ringa ko’tarildi.
Star gazetasi, “O’rta Yer dengizida eng ko’p turistlarni jalb qilgan 2-davlatmiz” sarlavhasi bilan bergan xabarda, O’rta Yer dengizi turistik mehmonxonalar va menejmentlar uyushmasining avgusti oyi hisobotiga ko’ra, yanvardan iyungacha bo’lgan 6 oylik davr mobaynida O’rta Yer dengiz sohilida eng ko’p turistga mezbonlik qilgan 2-davlat Turkiya ekanligini yozdi.
Ushbu mavsumda Turkiya 15 million 238 ming turistga mezbonlik qilganini yozgan gazeta, turk turizmi 6 oylik davr ichida o’tgan yilning ayni mavsumiga nisbatan 4.73% ortishni qo’lga kiritganini xabar qildi.
Hurriyat gazetasi, “Ebola jangida 2 xush xabar” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Amerikalik mutahassislar butun dunyoni havotirga solgan ebola virusiga qarshi 2015 yilgacha emlash uchun malham ishlab chiqarishdan umidvor ekanligini yozdi.
Mutahassislar 2 bemorga berilgan maxsus kapelnitsa yaxshi natija berganini ma’lum qildi.
Xabar turk gazetasi, “Furkan Bayrak jahon chempioni” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Xorvatiyadagi Jahon yoshlar bo’yicha kurash chempionatida bellashgan Furkan Bayrak 74 kg vaznda Eronlik raqibi Payma Bouyerini 4-2 hisobida mag’lub etib jahon chempioni bo’lish baxtiga muyassar bo’lganini yozdi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar