Matbuot sharhlari 27.07.2014

Yeni shafak gazetasi G’azoda 12 soatlik sulh bitimi ta’minlangach, o’rtaga chiqqan manzara İsroilning qatliomi qanchalik ayanchli ekanini namoyon qilganini yozdi.

72201
Matbuot sharhlari 27.07.2014


Yeni shafak gazetasi, “Hiroshima kabi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, G’azoda 12 soatlik sulh bitimi ta’minlangach, o’rtaga chiqqan manzara İsroilning qatliomi qanchalik ayanchli ekanini namoyon qilganini yozdi.
Gazeta, yer bilan yakson bo’lgan Shajeiyye qishlog’ining Amerika tomonidan atom bomba otilgan Hiroshimadan farqi qolmaganini yozdi.
Bir necha kun oldin havodan portlatilgan qishloqdagi uylardan jasadlar chiqarilganini yozgan gazeta, harobalar tagidan chiqarilgan jasadlar soni mingdan oshganini xabar qildi.
Va hamon butun dunyo davlatlari bu qatliomga tomoshabin bo’lib qarab turganiga e’tibor qaratildi.
Vatan gazetasi, “Parijda sulh tuzish say-harakati” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiya, Fransiya, Amerika va Qatar Tashqi ishlar vazirlari İsroil va Hamas tomonidan o’zaro qabul qilinadigan sulh bitimini tayyorlash uchun kecha Fransiyaning poytaxti Parijda to’planganini yozdi.
Tashqi ishlar vazirlari sulh bitimining muddati uzaytirilishini talab qilganini yozgan gazeta, İsroil avval sulh bitimini 4 soatga, keyin esa yana 24 soatga uzaytirishga rozi bo’lganini ma’lum qildi.
Va so’ngi ma’lumotlarga ko’ra, İsroil bu bitimni bekor qildi.
Milliyat gazetasi, “İsroilga samolyot safarlari bekor qilindi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Havochilik boshqarmasi İsroildagi Ben Gurion aeroportiga man qilingan samolyot safarlari, mavjud vaziyat e’tiborga olingan holda yana uzaytirilganini ma’lum qilganini yozdi.
Xabar turk gazetasi, “Chegaralarda ovoz berish jarayoni boshlandi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiyada prezidentlik saylovlari uchun ba’zi hududlarda, aerportlarda va portlardagi 42 bojxona markazida kecha soat 8:00da ovoz berish jarayoni boshlanganini yozdi.
Saylov kundaligiga ko’ra, bojxona markazlarida ovoz berish jarayoni 10 avgustgacha davom etadi.
Yeni shafak gazetasi, “TUBİTAKdan ataka” sarlavhasi bilan bergan xabarda, TUBİTAK elektronik harbiy loyihasi bilan F-16 jangovar samolyotlarning harakatlanayotgan paytda dushman radarlari va havo mudofaa sistemalariga qarshi yana ham xavfsiz va ishonchli holga keltirilishini yozdi.
Mahalliy sano’at bilan ishlab chiqariladigan mazkur sistemaga tahminan 135 million lira mablag’ sarf qilinadi.
Star gazetasi, Erdog’andan go’l” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiya Bosh vaziri Erdog’an kecha istanbulda Bashakshehir Fatih Terim stadionining ochilish marosimida 12 raqamni forma bilan futbol o’ynaganini yozdi.
Erdog’an futbolda ketma-ket 3 marta g’ol urganini yozgan gazeta, musobaqa 9-4 hisobida yakunlanganini ma’lum qildi.
Xabar turk gazetasi, “Emel dunyoda 3-o’rinda” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiya Milliy sportchisi Emel Dereli Amerikada o’tkazilgan Jahon Yoshlar Atletizm chempionatida bronza medalga sazovor bo’lganini yozdi.
Dereli 16.55 metrlik masofa bilan jahon uchinchiligini qo’lga kiritdi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar