Matbuot sharhlari 23.07.2014

Aksham gazetasi, Turkiya İsroil tomonidan qamal qilingan Falastinga insonparvarlik yordamlarini yetkazish maqsadida safarbarlik e’lon qilganini yozdi.

68269
Matbuot sharhlari 23.07.2014


Aksham gazetasi, “G’azoga 4 tomondan yordam safarbarligi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiya İsroil tomonidan qamal qilingan Falastinga insonparvarlik yordamlarini yetkazish maqsadida safarbarlik e’lon qilganini yozdi.
Turk hamkorlik va koorsinatsiya agentligi TİKA ilk bosqichda ehtiyoj egalariga 1 million dollarlik oziq-ovqat va tezkor yordam mahsulotlarini tarqatishga kirishdi.
Bosh vazirlik tabiiy ofatlar va favqulodda holatlar boshqarmasi AFADning Falastinga 1 million dollarlik yordam mahsuloti bilan hissa qo’shganini yozgan gazeta, Turk Qizil yarim oy jamiyati esa, xozirgacha 2 ming oilaga oziq-ovqat mahsulotini tarqatganini xabar qildi.
Yeni shafak gazetasi, “Qochqinlarga iftor” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiya Prezidenti Abdullah Gul kecha Suriyadagi urushdan qochib Turkiyaning Malatiya viloyatiga kelib joylashgan Suriyalik qochqinlar holidan xabar olganini yozdi.
Abdullah Gul, 7 ming 616 nafar Suriya aholisi yashagan hududda tegishli vakillardan ma’lumot oldi.
Suriyalik qochqinlar bilan birga iftorlik qilgan Prezident Abdullah Gul, “Aziz qardoshlarim” deya hitob qilgan Suriyalik qochqinlar bilan birga iftorlik qilishdan baxtiyor ekanini tilga oldi.
Milliyat gazetasi, “Germaniyadan turk professorga layoqat ordeni” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Germaniyada Berlin Texnik universitetida faoliyat ko’rsatgan Prof.Dr Shahin Albayrak Germaniya Federal Respublikasi Layoqat ordeni bilan taqdirlanganini yozdi.
Albayrak bu ordenni Germaniya Ta’lim va tadqiqot vaziri prof Johanna Wankaning qo’lidan qabul qilib oldi.
Milliyat gazetasi, “Media yetakchisi Murdoch Bodrumga keldi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, dunyoning eng badavlat media yetakchilaridan Avstraliyalik milliarder tadbirkor Rupert Murdoch oilasi bilan birga avvalgi kuni 70 metrlik luks shahsiy yaxtasi bilan Mug’laning Bodrum tumaniga tashrif buyurganini yozdi.
Gazetaning yozishicha, Murdoch oilasi Turkiyaning Egey dengizi sohillarida dam oladi.
Hurriyat gazetasi, “Va…Qrol Madridda…” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Braziliyada jahon kubogining g’ol urish bo’yicha qroli 23 yoshdagi Kolumbiyalik James Rodriguez 80 million evro evaziga Monacodan Real Madrid jamoasiga transfer bo’lganini yozdi.
Rodriguez Real Madridda yilda 7 million evro mablag’ oladi.

 

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar