Matbuot Sharhlari 11.07.2014

İsroil G'azoga hujum qilishga davom etmoqda.

125949
Matbuot Sharhlari 11.07.2014

Vatan Gazetasi, "63 soatda 400 tonna bomba" sarlavhali xabarda, İsroil qo'shinining, 'Qo'riqlovchi Tarmog'" harbiy amaliyotlarining ilk ikki kunida G'azoga 400 tonnadan ziyod bomba tashlanganini bildirmoqda. Gazeta, İsroilning, 2012 yil 8 kun davom etgan 'Bulut Stunlari' harbiy amalioylarida nishonga olgan manzilning sonini 36 ga borib yetganiga diqqat qaratmoqda.

Yeni Shafak Gazetasi, "G'azo uchun shoshilinch yig'ilish" deb yozgan xabarda, İsroilning G'azoga havo va dengizdan hujum uyushtirishga boshlagandan keyin İslom Hamkorlik Tashkiloti Qo'mitasining, Saudiya Arabistonning Jeddah shahrida favqulodda yig'ilganini ifoda etoqda. Gazeta, yig'ilishda Turkiyadan ishtirok etgan Bosh Vazir O'rinbosari Emrullah İshlerning, İsroilning G'azoga qarata ommaviy ravishda davom ettirgan jazolantiruvchi hujumini zudik bilan to'xtatishga chaqirdi. Xabarning davomida Bosh Vazir Rejep Tayyip Erdog'anning, İsroil hujumlariga uchragan G'azoga shoshilinch yordam berish farmoni berganini ifoda etmoqda. Gazeta, Bosh Vazirlik manbalaridan olingan ma'lumotlarga ko'ra, Bosh Vazir Erdog'anning, İsroil hujumlariga uchragan G'azoga yordam berish uchun buyruq berilganini bildirmoqda. Gazeta, olingan ma'lumotlarga ko'ra Bosh Vazir O'rinbosari Emrullah İshler Turk Hamkorik va Koordinatsiya Tashkiloti (TİKA), G'azo uchun shoshilinch dori-radmon va oziq-ovqat bilan yordam berilishini bildirmoqda.

Aksham Gazetasi, "OECD tahminlari 3,3 foizga ko'tarildi" deb yozgan xabarda, har ikki yilda bir chop etilgan Turkiya Ekonomika Anketasi nomli hisobotda OECDning, Turkiyaning joriy yilgi o'sishini 3,3 foizga ko'targanini bildirmoqda. Gazeta, may oyi chop etilgan iqtisodiyot hisobotida buning 2,8 foiz amalga oshganini chop etmoqda. Xabarda, EOCDning, kelajak yil esa Turkiyaning 4 foiz rivojlanishi bilan aloqali tahminlar haqqida o'zgarish bo'lmaganini chop etmoqda.

Sabah Gazetasi, "Tashabbuskorlikda Yevropa Lideri" deb yozgan xabarda, markazi Angliyada bo'lgan maslahatlashuv shirkati tomondan chop etilgan tadqiqot natijasiga ko'ra, tashabbuskorlar eng ko'p bo'lgan Yevropa o'lkasining Turkiya bo'lganini bildirmoqda. Gazeta, tadbirkorlar olgan xavflar, jasorat va chora-tadbirlar tekshirilgan tadqiqotda Turkiyaning dunyo bo'ylab ikkinchi bo'lganini ifoda etmoqda.

Xabar Turk Gazetasi, "5 oyda 15 million ziyoratchi" sarlavhali xabarda, Turkiyada eng muhim turizm shaharlaridan biri bo'lgan Antaliyada turizm mavsumining harakatlanishga boshlaganini ifoda etmoqda. Gazeta, havolarning isinishi bilan kelgan turist soninig ham ortib borganiga diqqat qaratmoqda. Joriy yilning ilk 5 oyida o'tgan yilga qaraganda ortganini xabar qilgan Gazeta, 2013 yilning ilk choyragida Antaliya aeraportidan o'tga yo'lovchi sonining 14 million 942 ming 545 bo'lganini bidirib 2014 yilining ayni davrlarida bu raqamning 15 million 177 ming 712 bo'lganini ifoda etoqda.

Vatan Gazetasi, "Tayyor Beton İshlab Chiqaruvchilar İstanbulda bo'ladi" deb yozgan xabarda, Turkiya Tayyor Beton Birligining, Yevropa İttifoqi Tayyor Beton Birligi 2015 yili Kongressini Turkiyaga qozontirganini bidirmoqda. Gazeta, Turkiya Tayyor Beton Birligining, dunyoning o'nda kelgan vakillarining 2015 yili 4-5 İyul kunlari İstanbulda kuzatilishini bildirmoqda.

Milliyat Gazetasining sport sahifasida chop etilgan xabarda, "Yangi maqsad 2018" deb yozgan xabarda, Argentina-Niderlandiya yarim final matchini muvaffaqiyatli shakilda boshqargan Juneyt Chakirning, hozirgi kundan yangi maqsadlar belgilaganini bildirmoqda. Xabarda, Chakirning, 2018 yili Rossiyada bo'ladigan Jahon Kubogi finalini boshqarishga harakat qilishi bildirilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar