Matbuot sharhlari 09.07.2014

Yeni shafak gazetasi bundan 19 yil muqaddam Srebrenitsada sodir bo’lgan qatliomda 12 mingdan ziyod bo’shnak qatl qilingan yo’lda butun dunyodan kelgan insonlar qatliom qurbonlarini yodga olganligini yozdi.

123270
Matbuot sharhlari 09.07.2014


Yeni shafak gazetasi, “Qatliom yo’lida erkinlik kurashi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, bundan 19 yil muqaddam Srebrenitsada sodir bo’lgan qatliomda 12 mingdan ziyod bo’shnak qatl qilingan yo’lda butun dunyodan kelgan insonlar qatliom qurbonlarini yodga olganligini yozdi.
Tinchlik namoyishi uchun to’plangan 5 ming kishi har kuni tahminan 35 km yo’l yurishni mo’ljallamoqda.
Mazkur hotira marosimi 11 iyulda Potocharidagi Yodgorlikda o’z nihoyasiga yetadi.
Star gazetasi, “G’azo olov ichida” sarlavhasi bilan bergan xabarda, İsroil G’arbiy Sheriyada 3 yahudiyning o’ligi topilganligi sababli G’azoga urush ochganligini yozdi.
İsroil jangovar samolyotlari tomonidan sodir qilingan dastlabki hujumda Falastindagi 20 aholi nobud bo’ldi.
Arab Birligi vaziyatga doir BMTni favqulodda to’planishga chaqirdi.
Hurriyat gazetasi, “İsroil jonli qalqonlarga o’q uzdi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, İsroil bilan Hamas o’rtasida otishmalar avjiga chiqqanligini yozdi.
İslomiy jihod va Hamas harbiylari tomonidan otilgan roketalarga javoban İsroil G’azoda 150 dan ziyod mo’ljalni nishonga oldi.
Turkiya esa, İsroildan hujumlarni to’xtatishini talab qildi.
Aksham gazetasi, Turkiya İqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchining yanvar oyidagi Yaponiya safarida Bosh vazir Erdog’an va Yaponiya Bosh vaziri Abening buyrug’i bilan yuzaga kelgan İqtisodiy hamkorlik shartnomasiga doir muzokaralarning yakunlanganini yozdi.
Muzokaralar unumli o’tganini tilga olgan Zeybekchi ikki davlat o’rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashtiradigan shartnoma tafsilotlari yaqinda ko’zdan kechirilishini bildirdi.
Star gazetasi, “İp bilan yozilgan Qur’on Guinnessga nomzod” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Suriyalik Muhammad Maher hadri tomonidan 12 yildan beri iplar bilan mato ustiga ishlangan Qur’on kitobi İstanbul Bashakshehir xokimiyati tomonidan namoyish qilina boshlaganligini yozdi.
Dunyoda ip bilan ishlangan dastlabki Qur’on kitobining bo’yi 80, eni 60 sm bo’lib, har bir jildi 15 kg og’irlikka ega. Bu kitob xozirda Guinness rekordlar kitobiga nomzod sifatida ko’rsatildi.
Hurriyat gazetasi, Turkiya 141 me’moriy asari bilan qit’ada eng ko’p osmono’par binoga ega bo’lish jihatidan Yevropadan o’zib ketganligini yozdi.
Rossiya 100 metrdan baland binolar o’rin olgan ro’yxatdan 116 osmono’par binosi bilan 2-o’rinni egalladi.
Sabah gazetasi sport sahifasida bergan “Braziliya tarixga ko’mildi” sarlavhali xabarda, Germaniya futbol jamoasi Braziliya jamoasini mag’lub etib, Jahon kubogida finalda to’p surishga muvaffaq bo’lganligini yozdi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar