Matbuot sharhlari 07.07.2014

Milliyat gazetasi, G’arbiy Sheriyada İsroillik 3 o’smirning o’ligi topilganligi sababli buning evaziga sodir qilingan 16 yoshdagi Falastinlik Muhammad Ebu Hudayr jinoyati bilan bog’liq 6 İsroillik shahs qo’lga olinganligini yozdi.

120680
Matbuot sharhlari 07.07.2014


Milliyat gazetasi, “Muhammad evaziga 6 mahkum” sarlavhasi bilan bergan xabarda, G’arbiy Sheriyada İsroillik 3 o’smirning o’ligi topilganligi sababli buning evaziga sodir qilingan 16 yoshdagi Falastinlik Muhammad Ebu Hudayr jinoyati bilan bog’liq 6 İsroillik shahs qo’lga olinganligini yozdi.
Falastin Bosh prokurorining aytishicha, o’g’irlab ketilgandan so’ng tiriklayin yoqib yuborilgan Muhammad bilan bog’liq tergovda bu jinoyatning millatchilik sababli sodir qilinganligi aniqlangan.
Hurriyat gazetasi, “İsroil politsiyasi tomonidan kaltaklangan o’smirga uy qamog’i” sarlavhasi bilan bergan xabarda, jiyani Muhammadning o’ldirilganini qoralash maqsadida o’tkazilgan namoyishda İsroil politsiyasi tomonidan qo’lga olingach, vahshiylarcha kaltaklangan 15 yoshdagi Falastinlik Tarik Ebu Hudayr 9 kunlik uy qamog’iga mahkum qilinganini yozdi.
Gazetaning yozishicha, Tarik Ebu Hudayr İsroil politsiyasi tomonidan qo’llariga kishan solinganiga qaramasdan ayovsizlacha kaltaklangan.
Sabah gazetasi, “Mudofaa yetakchilari Ankarada to’planadi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, OSTİM Mudofaa va Havochilik jamiyati tomonidan tashkil qilingan Mudofaa va Havochilik industrial hamkorlik haftasida jahon ilg’orlari Ankarada to’planishini yozdi.
Mudofaa va Havochilik jamiyati boshqaruv kengashi rahbari Mithat Ertug’, “14-16 oktyabr kunlari o’tkaziladigan marosimga Airbus, Boeing, Rolls Royce, Locheed Martini va Sikorskiy kabi firma rahbarlari qatnashadi”-deya ta’kidladi.
Aksham gazetasi, “150 xorij fondi Turkiya ostonasida” sarlavhasi bilan bergan xabarda, xorijlik investitorlarga maslahatchilik xizmatini bergan firmalardan birida boshqaruvchi bo’lgan O’mer Kotan, Kanada, Singapur va Xitoydan tahminan 150 davlat va pensiyanerlik fondi Turkiyaga sarmoya kiritishga tayyor ekanligini tilga olganligini yozdi.
İnvestitorlar Turkiyaning 10-20 yil keyingi kelajagini nazarda tutganini tilga olgan Kotan, “Kishi boshiga tushgan foyda 10 ming dollarni tashkil qilishi va yilda 4-5% rivojlanish nisbati investitorlarni o’ziga jalb qilmoqda” –dedi.
Star gazetasi, “Turkiya Yevropa İttifoqiga yarim milliard dollarlik jinsi shim sotdi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiyada tayyor kiyim tekstil sanoati yilning dastlabki 5 oyida Yevropa İttifoqiga a’zo 28 davlatga 551 million 819 ming dollarlik jinsi shim eksport qilganini yozdi.
Turkiya Yanvar oyidan may oyigacha bo’lgan vaqt ichida asosan Germaniya, İspaniya, Angliya, Gollandiya va Daniyaga jinsi shim mahsulotini sotishga muvaffaq bo’ldi.
Vatan gazetasi, “Ko’rmalarni 15 million ziyoratchi tomosha qildi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Turkiya idoralar va Birjalar birligi ma’lumotlariga ko’ra, Turkiyada 2013 yilda jami 407 nafar ko’rgazma o’tkazilganini yozdi.
Bu ko’rgazmalarni 15 million 500 ming 48 mahalliy va xorijlik mehmonlar tomosha qilgan. Bu ko’rgazmalarda jami 60 ming 520 firma o’z mahsulotlarini tanitishga muvaffaq bo’lgan.
Yeni shafak gazetasi, Daniyada mahalliy tilda nashr qilingan Qur’on kitobi mamlakatdagi ba’zi nashriyot uylarida va internet orqali sotish saytlarida eng ko’p talab ko’rgan kitoblardan biri ekanligini yozdi.



Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar