Matbuot sharhlari 04.07.2014

Yeni shafak gazetasi İroq Damashq islom davlati terror tashkiloti tomonidan asirga olingan 32 turk haydovchi ozod qilinganini yozdi.

117526
Matbuot sharhlari 04.07.2014


Yeni shafak gazetasi, “Qaytish sevinchi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, İroq Damashq islom davlati terror tashkiloti tomonidan asirga olingan 32 turk haydovchi ozod qilinganini yozdi.
Turkiyaning Erbildagi konsuli Mehmet Akif İnam tomonidan kutib olingan haydovchilar Turk Havo Yo’llariga tegishli maxsus samolyot bilan Turkiyaga qaytdi.
23 kun asirda qolgan haydovchilarni aeroportda oila-a’zolari kutib oldi.
Yeni shafak gazetasi, “Qatliom mitingi” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Bosniya-Gersegovinaning Srebrenitza shahrida serb harbiylar tomonidan sodir qilingan qatliomga 19 yil to’lgani munosabati bilan hotira marosimi o’tkazilganini yozdi.
Qatliomdan qochgan aholining yurgan yo’lida o’tkazilgan miting bilan boshlangan marosimlar paytida yana 175 jasadning dafn qilinadi.
Qurbonlar ichida 14 yoshdagi Senad Beganovich ismli yosh bolaning borligi barchani hayratga soldi.
Vatan gazetasi, “1 haftada 5 ming Suriyalik” sarlavhasi bilan bergan xabarda, Hatayning Reyhanli tumanidagi Jilvego’zu chegarasidan 1 hafta ichida tahminan 5 ming Suriya fuqarosi Turkiyaga qochib o’tganini yozdi.
Ramazon oyiga qaramasdan, vatanidagi ichki urushdan qochgan aholi Jilvego’zu chegarasidan qiyinchilik bilan Turkiyaga o’tmoqda.
Star gazetasi, Turk nodavlat tashkiloti Jonsuvi yordamlashuv jamiyati “Ramazon faqirga bayram, yetimga tabassumdir” shiori bilan dunyo miqyosida 30 davlatga insonparvarlik yordam mahsuloti jo’natishini yozdi.
Xorijga ajratilgan yordam mahsulotlari asosan qurg’oqchilik hukm surgan Somali va Keniya, Niger, Bukino faso, Kamerun va Chad kabi Afrika davlatlariga jo’natiladi.
Hurriyat gazetasi, “Yevropaning nigohi bu yerda” sarlavhasi bilan bergan xabarda, İstanbuldagi Medipol universiteti tibbiyot fakultetiga qarashli Rejenetariv va restorativ tibbiyot tadqiqotlari markazi Turkiyaning laboratoriyalar bo’yicha eng muhim tadqiqot markazi sifatida ko’rsatilganligini yozdi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar