BAAga asos solgan Tahnun bin Muhammad Al Nahayon vafot etdi

Shayx Tahnun bin Muhammad vafotidan soʻng mamlakatdagi bayroqlar yarmigacha tushirilgan va 7 kunlik motam eʼlon qilingan.

2134414
BAAga asos solgan Tahnun bin Muhammad Al Nahayon vafot etdi

 

Birlashgan Arab Amirliklari asoschilaridan biri Shayx Tahnun bin Muhammad Al Nahayon vafot etdi, mamlakatda 7 kunlik motam e’lon qilindi.

BAAning WAM axborot agentligi tomonidan berilgan bayonotda, BAA prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Al Nahayon amakisi va Dubay amirligining Al-Ayn gubernatori shayx Tahnun bin Muhammadning vafotidan qayg‘uda ekanligi bildirildi.

Maʼlum qilinishicha, Shayx Tahnun bin Muhammad vafotidan soʻng mamlakatdagi bayroqlar yarmigacha tushirilgan va 7 kunlik motam eʼlon qilingan.

Bayonotda aytilishicha, 1971-yilda BAA tashkil etilganda Shayx Tahnun bin Muhammad asoschisi Al Nahayon bilan birga ishlagan va Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda mamlakatning neft va tabiiy gaz kompaniyasi ADNOC direktori boʻlgan.


Tanlangan kalimalar: #BAA

Aloqador xabarlar