Rossiyaning Armanistondagi elchisi Kopirkin Moskvaga chaqirtirildi

Rossiyaning Armanistondagi elchisi Sergey Kopirkin Moskvaga chaqirtirildi.

2144005
Rossiyaning Armanistondagi elchisi Kopirkin Moskvaga chaqirtirildi

Rossiya Federatsiyasi Tashqi Ishlar vazirligining qayd etishicha, Armanistondagi elchi Sergey Kopirkin, maslahatlashuvlar uchun Moskvaga chaqirilgan.

Qaror sababi tushuntirilmadi.

Rossiya bilan Armaniston oʻrtasidagi munosabatlar Qorabogʻdagi mojaroning kuchayishi bilan yomonlashgan edi.

Yerevanning taʼkidlashicha, Moskva, Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotiga aʼzo boʻlishiga qaramay uni qoʻllab - quvvatlamaydi.

Rossiya esa Yerevanning Yevropa bilan boʻlgan hamkorligini rivojlantirishidan xavotirda.

Rossiya Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Mariya Zaxarova,

“Armanistonni Gʻarbning xavfli rejalarini amalga oshirishda vosita sifatida foydalanmoqdalar”, - dedi.

Fevral oyida Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, mamlakatning Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotiga a’zoligini amalda toʻxtatib qoʻygan edi.

 


Tanlangan kalimalar: #Moskva , #Armaniston , #Sergey Kopirkin

Aloqador xabarlar