Pokistonda sodir bo'lgan to‘qnashuvda 5 kishi halok bo’ldi
Milliy OAV xabariga ko‘ra, Xayber-Paxtunxva viloyatining Kurram tumanida Juma kuni kechqurun bahsli yerlarda qurilgan inshoot tufayli raqib qabilalar o‘rtasida birinchi mushtlashuv boshlandi
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyatida qabilalar o‘rtasida kelib chiqqan to‘qnashuvda 5 kishi halok bo‘lgan.
Milliy OAV xabariga ko‘ra, Xayber-Paxtunxva viloyatining Kurram tumanida Juma kuni kechqurun bahsli yerlarda qurilgan inshoot tufayli raqib qabilalar o‘rtasida birinchi mushtlashuv boshlandi.
Kecha kechasi yana mushtlashuv avj oldi.
Og'ir qurollar qo'llanilgan to'qnashuvda 5 kishi hayotdan ko'z yumdi, ko'p kishi tan jarohati oldi.
Mintaqadagi fikr yetakchilari rasmiylarni mojarolarni tugatishga chaqirdi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarda halok bo‘lganlar va yaralanganlar soni ancha ko‘p ekanligi aytilgan.
Aloqador xabarlar
Iqlim shoklari 242 million bolaning ta’lim – tarbiyasiga monelik qildi
Iqlim shoklari 2024 - yili 242 million bolaning ta’lim – tarbiyasiga monelik qildi.