Isroil harbiylarining G'arbiy Sohilda ochishi natijasida bir Falastinlik halok bo'ldi

Isroil kuchlarining ishg'ol ostidagi G'arbiy Sohildagi Al-Bire shahri yaqinida bir mashinaga qarata o't ochishi natijasida bir Falastinlik halok bo'ldi, bir nafari yaralandi.

2044341

Falastinning WAFA axborot agentligi xabariga ko‘ra, Isroil askarlari Bire shahridagi Et-Tavil tog‘i hududida qurilgan Psagot yahudiy aholi punkti yaqinida avtomobilni o‘qqa tutgan.

Falastin Sog'liqni saqlash vazirligi, Muhammad Jibril Rummane hujumda halok bo'lganini, bir falastinlik esa tanasining pastki qismidan engil jarohat olganini ma'lum qildi.

Isroil armiyasining bayonotida, Psagot yaqinidagi harbiy nuqtaga molotof kokteyli uloqtirgani iddao qilingan ikki yoshning o'q uzgani va "zararsiz holga keltirilgani" qayd etildi.

Bosqin ostidagi G‘arbiy Sohil uzoq vaqtdan beri Isroil askarlarining reydlari va yahudiy ko‘chmanchilarning hujumlariga guvoh bo‘lib kelmoqda.

Tanlangan kalimalar: #Halok , #Falastinlik , #G'arbiy Sohil , #Isroil

Aloqador xabarlar