Vengriya Shvetsiyaning NATOga a'zoligini ma'qullashga shoshilmaydi

Bu haqda mamlakat bosh vaziri Viktor Orban parlamentda so'zlagan nutqida ma'lum qildi.

2042115
Vengriya Shvetsiyaning NATOga a'zoligini ma'qullashga shoshilmaydi

 

Vengriya Shvetsiyaning NATOga a'zoligini ma'qullashga shoshilmayotir.

Bu haqda mamlakat bosh vaziri Viktor Orban parlamentda so'zlagan nutqida ma'lum qildi.

"Shvetsiya xavfsizligiga tahdid soladigan hech qanday holat yo'q",-deydi u.

Vengriya iyun oyida Shvetsiyaning NATOga a'zoligini tasdiqlash bo'yicha sessiyasi kuzga qoldirilganini e'lon qilgandi.

2022-yil 24-fevralda Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan keyin Finlyandiya va Shvetsiya oʻn yilliklar davomidagi “harbiy betaraflik” siyosatiga chek qoʻygandi.

Ikki davlat oʻtgan yilning may oyida NATO aʼzoligi uchun ariza topshirgan va Turkiya oldidagi majburiyatlarini bajargan Finlyandiya 4 aprel kuni NATOning 31-aʼzosi boʻlgan edi.


Tanlangan kalimalar: #Viktor Orban , #Vengriya

Aloqador xabarlar