Iroq hukumati Shvetsiya elchixonasiga o‘t qo'yilganini qoraladi

Iroq hukumati poytaxt Bag'dodda Stokgolm elchixonasining yoqib yuborilishini qoralar ekan, Qur'onga qarshi harakatlar davom etsa, Shvetsiya bilan aloqalarini uzishini bildirdi.

2014003
Iroq hukumati Shvetsiya elchixonasiga o‘t qo'yilganini qoraladi

 

Iroq hukumati poytaxt Bag'dodda Stokgolm elchixonasining yoqib yuborilishini qoralar ekan, Qur'onga qarshi harakatlar davom etsa, Shvetsiya bilan aloqalarini uzishini bildirdi.

Iroq Bosh Vazirligi Matbuot boshqarmasi tomonidan berilgan yozma bayonotga ko'ra, Bosh vazir Muhammad Shia es-Sudani Shvetsiya elchixonasining yoqib yuborilishini muhokama qilish uchun xavfsizlik xodimlari bilan uchrashdi.

Yig'ilishda hujum qoralar ekan, voqeada xavfsizlik zaifligi mavjudligiga qaror qilindi.

Iroq hukumati, shuningdek, Shvetsiya kanallariga Qur'onga qarshi harakatlar davom etsa, Shvetsiya bilan aloqalarini uzishini bildirgan.

Shvetsiya Tashqi ishlar vaziri Tobias Billstryom, Shvetsiyaning Bag'doddagi elchixonasiga uyushtirilgan bosqinni qoralab, Iroqning Stokgolmdagi Muvaqqat ishlar vakilining vazirlikka chaqirilganini bildirdi.

Billstrom yozma bayonot berib, Iroq rasmiylarining Vena kelishuviga ko'ra o'z hududidagi diplomatik vakolatxona va diplomatik xodimlarni himoya qilish majburiyati borligini ta'kidlab, "Iroq ma'murlari o'z majburiyatlarini bajara olmagan ko'rinadi" deya o‘z mulohazalarini bildirdi.

Elchixona xodimlarining xavfsiz joyga evakuatsiya qilinganiga e'tibor qaratgan Billstrom, "Shvetsiya hukumati hozirda qo'yilishi kerak bo'lgan qadamlarni ko'rib chiqmoqda" deya  o‘z bahosini berdi.

Bag‘dodda “Sadr” harakati tarafdorlari tunda Shvetsiya elchixonasiga bostirib kirib, binoning ayrim qismlarini yoqib yuborgan.

Sadrchilar avvalroq Shvetsiya elchixonasi binosiga bostirib kirib, aksiya uyushtirgan edi.

Shvetsiya poytaxti Stokgolmda asli iroqlik Salvan Momika ismli shaxs 28 iyun kuni Qurbon hayitining birinchi kuni Stokgolm masjidi oldida politsiya himoyasi ostida Qur’onni yoqib yubordi.

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Shvetsiya , #Yoqib yuborildi , #Elchixona , #Bag'dod , #Iroq

Aloqador xabarlar