Afg‘oniston shimolida yuzaga kelgan suv toshqinlarida kamida 15 kishi halok bo‘ldi.

Afgʻonistonda tabiiy ofat yuzasidan har yili yuzlab inson halok boʻlmoqda.

2144330
Afg‘oniston shimolida yuzaga kelgan suv toshqinlarida kamida 15 kishi halok bo‘ldi.

Afg‘oniston shimolida kechasi qayd etilgan og‘ir yog‘ingarchilik oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlarida kamida 15 kishi halok bo‘ldi.

Mamlakatning shimoliy hududlarida yuzlab insonning o‘limiga yo‘l ochgan og‘ir yog‘ingarchilik ta‘siri davom etmoqda.

Badaxshon va Bog‘lon viloyatlarida sodir bo‘lgan suv toshqini oqibatida kamida 15 kishi, jumladan bir oiladan 10 kishi halok bo‘ldi.

Bog‘lon tabiiy ofatlarni boshqarish direktori Edayatulloh Hamdardning aytishicha, kamida 40 uy vayron bo‘lgan

Mintaqada qidiruv - qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Afg‘onistonning shimoliy viloyatlarida so‘nggi haftalarda davom etgan kuchli yomg‘ir oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlarida halok bo‘lganlar soni 400 nafardan oshdi.

Afgʻonistonda qish oylarida yoqqan qorning havo isishi bilan erishi, kuchli yomgʻir va infratuzilmaning yetarli darajada emasligi natijasida sodir boʻlgan suv toshqinlari, insonlarning halok boʻlishi va ularning mol - mulkini yoʻqotishiga sabab boʻlmoqda. Shu sababli mamlakatda har yili yuzlab insonlar hayotdan koʻz yummoqda.



Aloqador xabarlar