Mustafa Ispaniyaning Falastinni tan olishi haqidagi qarorini yuqori baholadi

Mustafa Belgiya poytaxti Bryusselda Ispaniya Tashqi Ishlar vaziri Jose Manuel Albares bilan boʻlgan uchrashuvi ortidan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

2144343
Mustafa Ispaniyaning Falastinni tan olishi haqidagi qarorini yuqori baholadi

Falastin Bosh vaziri Muhammad Mustafaning qayd etishicha Ispaniya, Irlandiya va Norvegiyaning Falastin davlatini tan olish maqsadida tashlagan qadami muhimdir.

Mustafa Belgiya poytaxti Bryusselda Ispaniya Tashqi Ishlar vaziri Jose Manuel Albares bilan boʻlgan uchrashuvi ortidan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Bosh vazir Mustafa, Falastin davlatining barpo etilishi mintaqa tinchligi va adolati uchun yagona yoʻl ekaniga e’tibor qaratdi. Unda shuningdek, Ispaniyaning Falastin davlatini tan olish yoʻlidagi qadamini yuqori baholab, xursandchilik bilan qarshi olishlarini bildirdi.

Falastin davlatini tan olmagan davlatlarni ham tez orada xuddi shunday qadam tashlashga chaqirgan Mustafa, “Ispaniya, Irlandiya va Norvegiyaning qadami muhimdir va yaqin kelajakda yangi Falastin davlatining tan olinishini kutamiz”, - degan ifodalarga oʻrin berdi.

Gʻazo sektorida katta insoniy falokat yuz berayotganiga e’tibor qaratgan Mustafa: “Gʻazo sektoridagi xalqimizni qoʻllab - quvvatlash va ularni Falastin yetakchiligi himoyasiga olishga harakat qilamiz”, - deya gapirdi.

Eslatib oʻtamiz:

Norvegiya, Irlandiya va Ispaniya xalqaro huquq va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashining tegishli qarorlariga muvofiq, 1967 - yilgi chegaralar asosidai 28 – may kuni Falastinni tan olishlarini ma’lum qilgandi.

Ushbu qaror ortidan Isroil rasmiylari yuqorida nomi tilga olingan uch davlatning Tashqi Ishlar vazirlarini chaqirib, (Isroil - Xamas hujumlari boshlangan) 7 – oktabrda suratga olingani iddio etilgan ba’zi tasvirlarni ularga tomosha qildirib, yozib olgan edi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar