Rossiya Kiyevning uch hududiga zarba berdi

Kiyev meri Vitaliy Klitschko Telegram orqali Rossiyaning Kiyevdagi Desnianskiy, Dniprovskiy va Xolosiyivskiy tumanlariga zarba berganini ma’lum qildi.

1919864
Rossiya Kiyevning uch hududiga zarba berdi

Rossiyaning Ukraina poytaxti Kiyevni nishonga olgan havo hujumlari davom etmoqda.

Kiyev meri Vitaliy Klitschko Telegram orqali Rossiyaning Kiyevdagi Desnianskiy, Dniprovskiy va Xolosiyivskiy tumanlariga zarba berganini ma’lum qildi.

Bunday vaziyatda xalqni boshpanalarda qolishga chaqirgan Klitschko,

“Metro xizmati barcha yoʻnalishlarda vaqtinchalik toʻxtatildi. Yerosti bekatlaridan boshpana sifatida foydalanilmoqda. Havo hujmidan ogohlantirish ishlari davom etmoqda. Iltimos, boshpanalarda qoling”, - dedi.

Klitschko shuningdek,

“Energetika infratuzilmasiga zarar yetkazilgani sababli poytaxtning barcha mintaqalarida suv to‘xtamoqda”, - degan ma’lumot ham bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya qo‘shinlari 24 - fevral kuni Ukrainaga hujum boshlatgandi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya , #havo hujmi

Aloqador xabarlar