Eron Madaniyat va Irshod vazirligi ko'rgazma uyushtirilmaslini bildirdi...

Eron Madaniyat va Irshod vaziri Abbos Solihi, Matbuot va Axborot Agentligi ko'rgazmasining joriy yil uyushtirilmasligini bildirdi.

1074941
Eron Madaniyat va Irshod vazirligi ko'rgazma uyushtirilmaslini bildirdi...

Eron Madaniyat va Irshod vaziri Abbos Solihi, poytaxt Tehronda Matbuot va Axborot Agentligi ko'rgazmasining, iqtisodiy taranglik tufayli joriy yil uyushtirilmasligini bildirdi.

Kabinet yig'ilishidan keyin ommaviy axborot vositalari xodimlariga bayonot bergan Solihi, "Ko'rgazmaga mezbonlik qilgan Madaniyat va Irshod vazirligi, faqat ma'lum xarajatlarni bo'yniga oladi. Ko'rgazmaning asosiy xarajatlarini media tashkilotlari qoplaydi. Iqtisodiy jihatdan qiynalayotgan media tashkilotlari ko'rgazmaga tanafus berishni istadilar" dedi.

Kelgusi yil ko'rgazmaning bo'lishidan umidvor ekanligini ifoda etgan Solihi, o'lkaning turli shaharlarida ushbu ko'rgazma doirasida faoliyatlar o'tkazilishini qayd etdi.

O'tgan yil 23. uyushtirilgan ko'rgazma, 27 Oktyabr bilan 4 noyabr kunlari, Tehron buyuk Musalla jomesida bo'lib o'tgan edi.



Aloqador xabarlar