Prezident Erdo'g'an Xorvatiya prezidenti Kitarovich bilan ko'rishdi

Turkiya prezident Erdo'g'an, FETOni Bolqonlardan butunlay o'chirib tashlash uchun do'stlarining ham dastagi bilan faoliyatlarining davom etishini izohladi.

885192
Prezident Erdo'g'an Xorvatiya prezidenti Kitarovich bilan ko'rishdi

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo'g'an, FETOni Bolqonlardan butunlay o'chirib tashlash uchun do'stlarining ham dastagi bilan faoliyatlarining davom etishini izohladi.

Erdo'g'an, Anqaraga tashrif etgan Xorvatiya prezidenti Kolina Grabar Kitarovich bilan yakkama-yakka va hayatlararo uchrashuvlar o'tkazgandan keyin, qo'shma matbuot anjumani uyushtirdi.

Ikki davlat aloqalarining oliy darajada bo'lganini tushuntirgan Erdo'g'an, "Bolqonlarda tinchlik, barqarorlik va farovonlikni o'rnatish va Xorvatiya bilan hamkorlikka ahamiyat beramiz" deb so'zladi.

Siyosiy aloqalarning ijobiy aks-sadolarini iqtisodiy va tijoriy aloqlarga ham aks ettirilishi kerakligi mavzusida hamfikr bo'lganliklariga diqqat qaragan Erdo'g'an, "Kerak bo'lsa tijorat hajmi kerak bo'lsa o'zaro sarmoya kiritishni istaymiz. Iqtisodiy va tijoriy hamkorlikning o'lkamizning mavjud imkoniyatini ask ettiradigan saviyaga ko'tarilishi uchun irodamiz bor" dedi.

Xorvatiyada asosan turizm, bankachilik va qayta ishlab chiqarilgan energiya sektorida faoliyat olib borgan Turk firmalarining bo'lganini ifoda etgan prezident Erdo'g'an, "Bu firmalarimizning muammolariga yechim topilishiga ishonchim komil. Kelajakda sosan turk firmalarining Xorvatiyaga sarmoya kiritishidan umidvormiz va bu mavzuda firmalarimizga kerak bo'lgan yordamni beramiz. Energetika mavzulari bilan o'zaro hamkorlik masalalarini va bu sohada faoliyat olib borgan shirkatlarimizning hamkorlik qilish imkoniyatlarini ko'zdan kechirayapmiz" deb ifoda etdi.

Prezident Erdo'g'an Al-Quds masalasida esa, "21 dekabr kuni Birlashgan Millatlar Umumiy Kengashida Al-Quds bilan aloqali qaror loyihasining tasdiqlanishida asosan istiqboldagi dasturlarni ham muhokama qilish imakoniyati bo'ldi" deb so'zladi.

Prezident Kitarovich bilan Bolqonlardagi vaziyatni ko'zdan kechirib Bosniya-Gersegovinadagi o'zgarishlarni ham muhokama qilganliklarini qayd etgan Erdo'g'an, quyidagicha so'zladi: "Bu doirada asosan Bosniya va Gersegovinaning iqtisodiy va siyosiy taraqiyoti uchun istiqbol bilan bog'li dasturlar tuzish maqsadida vujudga kelgan Turkiya-Bosniya va Gersegovina- Xorvatiya hamkorlik mexanizmining birinchi yig'ilishi kelgusi oy daslab tashqi ishlar vazirlari keyinchalik rahbarlar ishtirogidagi yig'ilishda kun tartibiga keltirib muhokama qilamiz." 

Erdo'g'an, "Terrorizmga qarshi kurash mavzusini ham janob Prezident bilan har tomonlama ko'zdan kechirdik va bu mavzu bilan aloqali o'zlariga FETO terror tashkilotini Bolqon geografiyasidan tozlash maqsadida faoliyatlarimizni do'stlarimizning ham yordami bilan davom ettiramiz va bu mavzuga e'tibor qaratgani uchun minnatdormiz" dedi.

Xorvatiya prezidenti Kolina Grab Kitarovich esa, Turkiyaning Yevropa Ittifoqi (YI) a'zoligining Ittifoq uchun ham yaxshi bo'lganini izohladi.

Turkiyaga, YI a'zolik jarayonida haqsizlik bo'lib bo'lmagani haqqida bir savolga Kitarovich, "Muzokara jarayonining qanchalik qiyin bo'lganini va ba'zan adolatli bo'lmaganini his ettirgan talablar bo'lganini tushunish mumkin" deb mulohaza bildirdi, "Turkiyaning Yevropa Ittifoqi yo'lida ildamlashi Ittifoq uchun yaxshi bo'ladi" deb so'zladi.

Grabar Kitarovich, Xorvatiyaning, Turkiyaga millionlab ko'chmanchiga yaratgan imkoniyatlari tufayli minnatdorlik bildirib, "Turkiyaga tashrif etganimzda ko'chmanchi lagerlaridan birini ziyorat qilish imkonim bo'ldi. Turkiya unlarda faqat xavfsiz muhit ta'minlash bilan qolmagan, ayni paytda ta'lim va salomatlik xizmatlari ham taqdim etmoqda" dedi.

Kitarovich, "O'tgan yilning ilk 9 oyi ichida tijorat  hajmining 350 million yevroga" borib yetganini bildirib, prezident Rejep Tayyib Erdo'g'anning bir million dollarlik maqsadining amalga oshish e'htimoli borligiga diqqat qaratdi.



Aloqador xabarlar