AQSh, Janubiy Koreya va Germaniya Shimoliy Koreyaning yadro sinovlarini muhokama qildi

“Liderlar davlatning barcha imkoniyatlaridan foydalanib, Shimoliy Koreyaga tazyiqni kuchaytirish xususida kelishib oldi”,-deyiladi Oq uy bayonotida.

801286
AQSh, Janubiy Koreya va Germaniya Shimoliy Koreyaning yadro sinovlarini muhokama qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In va Germaniya kantsleri Angela Merkel bilan Shimoliy Koreyaning yadro sinovlarini muhokama qildi.

Oq uy bayonotiga ko’ra, Tramp Shimoliy Koreyaning 3 sentyabrdagi vodorod bombasi sinoviga qarshi Mun va Merkel bilan muloqot o’tkazdi.

Liderlar Shimoliy Koreya tahdidiga qarshi bir yoqadan bosh chiqardi.

Tramp va Mun muloqotida Shimoliy Koreya butun dunyoga tahdid solayotgani qayd etildi.

“Ikki lider davlatning barcha imkoniyatlaridan foydalanib, Shimoliy Koreyaga tazyiqni kuchaytirish xususida kelishib oldi”,-deyiladi bayonotda.

Bayonotga ko’ra, AQSh bilan Janubiy Koreya o’rtasidagi mushtarak harbiy qobiliyat takomillashadi.

“Tramp Janubiy Koreyaning raketa tashish hajmi ustidagi cheklovlarni bekor qilishni tasdiqladi. Tramp ayni paytda, AQShning Janubiy Koreyaga milliardlab dollarlik qurol sotishiga rozilik berdi”,-deyiladi bayonotda.

Tramp bilan Merkel muloqotida esa, Shimoliy Koreyaning azaliy loqaydligi va tahlikali atom faoliyatlari tanqid qilindi.

Ikki lider BMT boshchiligidagi yaqin hamkorlikning ahamiyatiga e’tibor qaratdilar.

Shuningdek, Shimoliy Koreyaga sanktsiyalarni keskinlashtirish, bosimni kuchaytirish va jangovar shaylikni oshirish masalasi muhokama qilindi.

 

 

 



Aloqador xabarlar