G’azodagi hujumlarda halok bo’lganlar soni 37 mingga yetdi

Isroil armiyasining 2023-yil 7-oktabrdan buyon G’azo sektoriga uyushtirgan hujumlarida halok bo’lganlar soni oxirgi 24 soat ichida 40 nafarga ortib, 37 ming 164 nafarga yetdi.

2151545

G'azodagi Falastin Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, Isroilning G'azo sektoriga 249 kundan beri uyushtirgan hujumlari haqida ma'lumot berildi.

Isroil qo'shini tomonidan oxirgi 24 soat ichida G'azoning turli joylarida 3 marta "qatliom" amalga oshirilgani va bu hujumlarda yana 40 nafar Falastinlik hayotdan ko'z yumgani, 120 nafar Falastinlik yaralangani bildirildi.

Isroilning 7-oktabrdan beri G’azo sektoriga uyushtirgan hujumlarida halok bo’lganlar soni 37 ming 164 nafarga, yaradorlar soni esa 84 ming 832 nafarga ko’tarilgani qayd etildi.

Tanlangan kalimalar: #Halok , #37 ming 164 nafa , #Hujum , #G'azo , #Isroil

Aloqador xabarlar