Malavi vitse-prezidenti samolyot halokatida vafot etdi

Malavi yetakchisi Lazarus Chakvera milliy motam kunini e’lon qildi va bugundan boshlab dafn marosimigacha barcha bayroqlarni tushirishni buyurdi.

2151631
Malavi vitse-prezidenti samolyot halokatida vafot etdi

 

Qutqaruvchilar Malavi vitse-prezidenti Saulos Chilima va uning to‘qqiz nafar hamrohlari bo‘lgan halokatga uchragan samolyot parchalarini topdi. Ularning barchasi halok bo‘ldi. Bu haqda Prezident ma’muriyati xabar berdi.

Samolyotning qoldiqlari radarlardan g‘oyib bo‘lganidan deyarli bir kun o‘tib topilgan. Malavi yetakchisi Lazarus Chakvera milliy motam kunini e’lon qildi va bugundan boshlab dafn marosimigacha barcha bayroqlarni tushirishni buyurdi.

Samolyot kecha, 10 iyun kuni poytaxt Lilongvedan havoga ko‘tarilganidan so‘ng g‘oyib bo‘ldi. Prezident Lazarus Chakvera o‘sha kuni qidiruv-qutqaruv operatsiyasini boshlashni buyurdi. Favqulodda vaziyat tufayli u Bagama orollariga safarini bekor qildi.

Ma’lumot uchun, Saulos Chilima 2014 yilning may oyidan beri Malavi vitse-prezidenti lavozimida ishlab kelayotgandi. 2020 yilda u ushbu lavozimga qayta tayinlangan. U 2022 yilda britaniyalik-malavilik tadbirkor ishtirokidagi poraxo‘rlik bo‘yicha sud jarayonidan so‘ng vakolatlaridan mahrum qilingan. May oyida sud Chilimaga qo‘yilgan ayblovlarni bekor qildi.


Tanlangan kalimalar: #Malavi

Aloqador xabarlar