Jo Bayden Italiyada G7 davlat rahbarlari sammitida ishtirok etadi

Bayden sammit doirasida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan ham uchrashishi kutilmoqda.

2151504
Jo Bayden Italiyada G7 davlat rahbarlari sammitida ishtirok etadi

 

Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden Italiyada bo'lib o'tadigan G7 davlat rahbarlari sammitida ishtirok etadi.

Bu haqda Oq uydan berilgan yozma bayonotda qayd etilgan.

Bayonotga ko'ra, Jo Bayden 13-15 iyun kunlari Italiyaning Apuliya shahrida bo'lib o'tadigan G7 sammitida ishtirok etadi.

Sammitning asosiy kun tartibi G’azoda o’t ochishni to’xtatishga qaratilgan. Shuningdek, Ukraina urushi, ko’rsatilayotgan yordam haqida fikr almashiladi.

Bayden sammit doirasida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan ham uchrashishi kutilmoqda.

Oq Uy ma'muriyati Qo'shma Shtatlar Rossiyaga qarshi Ukrainani qattiq qo'llab-quvvatlashda davom etishini eslatdi.


Tanlangan kalimalar: #Jo Bayden , #AQSh

Aloqador xabarlar