Suriyada rejim kuchlari bilan muxoliflar o’rtasida asir almashtirildi

Beshar Asad rejimi yosh bolalar va ayollardan tashkil topgan 55 ta asirni muxoliflarga topshirar ekan, muxoliflar esa qo’lidagi 54 ta asir ayolni rejim kuchlariga topshirdi.

667862
Suriyada rejim kuchlari bilan muxoliflar o’rtasida asir almashtirildi

Suriyada rejim kuchlari bilan muxoliflar o’rtasida asir almashtirildi.

Bu jarayon mamlakatning shimoli g’arbidagi Hama viloyatida amalga oshirildi.

Asosan, yosh bolalar va ayollardan tashkil topgan asirlar Suriya Qizil yarim oy jamiyatiga tegishli transportlar vositasida olib ketildi.

Beshar Asad rejimi 55 ta asirni muxoliflarga topshirar ekan, muxoliflar esa qo’lidagi 54 ta asir ayolni rejim kuchlariga topshirdi.

Muxoliflarning qo’lidagi asirlar bundan oldin DAISh terror tashkilotining qo’lida bo’lgan.

Ular Lazkiya hududining terroristlardan tozalanishi bilan muxoliflar qo’liga o’tgan.

Rejim kuchlari tomonidan muxoliflarga topshirilgan asirlar orasida siyosiy mahbuslardan biri Resha Cho’rbaji va uning 4 ta farzandi ham borligi aytilmoqda.

Suriyada rejim kuchlariga tegishli qamoqxonalarda hamon minglab siyosiy mahbusning borligi taxmin qilinmoqda.

 



Aloqador xabarlar