Bularni bilasizmi-34

Birinchi jahon urushining eng muhim jabhalaridan biri bo'lgan Chanoqqal'a fronti tarixdagi eng qonli janglar olib borilgan, kvadrat metrga olti ming o'q tushgan, jami 500 ming kishi halok bo'lgan jang maydoni edi.

1978749
Bularni bilasizmi-34

 

Turk- Anzak Do'stligi 

Jahon tarixidagi eng qonli urushlardan biri buyuk do‘stlikni yuzaga keltirganini bilasizmi?

Birinchi jahon urushining eng muhim jabhalaridan biri bo'lgan Chanoqqal'a fronti tarixdagi eng qonli janglar olib borilgan, kvadrat metrga olti ming o'q tushgan, jami 500 ming kishi halok bo'lgan jang maydoni edi. Chanoqqal'a hududida bir-birini tanimagan o'lkalardan kelgan askarlar birga dafn qilindi.

Ittifoqchi kuchlar orasida Avstraliya va Yangi Zelandiya  ya’ni  Anzak, Britaniya armiyasida jang qilish uchun uzoq mamlakatlardagi uylarini tashlab ketgan askarlar ham bor edi. Anzak va turk askarlari faqat jang maydonida bir-birlari bilan jang qilishmagan. Urush paytidagidan tashqari, ular bir-birini hurmat qilish orqali insoniy munosabatlar va do'stlikni rivojlantirdilar.  Ular  kir yuvish, osish uchun xandaqlaridan chiqqan askarlar bir-birlariga o‘q uzishni xayoliga ham keltirmadilar. Ular xandaqlardan bir-birlariga sigaret, shokolad, mayiz, quritilgan anjir, suvenirlar jo‘natishdi.

Urush tugagach, Anzak armiyasi qo'mondoni general Godley, Usmonli kuchlaridan Anzak qabrlarini hurmat qilishni so'rab  maktub  qoldirdi. Aslida bunday  maktubga  hojati yo'q edi. Chunki turklar urushda halok bo‘lgan barcha askarlarni o‘z farzandlariday asrab-avaylaganlar. Anzak askarlari qo'ngan dengiz qo’ltig’ida  halok bo'lgan askarlarni hurmat qilish uchun "Anzak koʻrfazi" deb nomlandi va 1915 yilda Geliboluga qoʻngan kunni 25-aprel kunini  "Anzak kuni" deb  qabul qilinadi. Mustafo Kamol Otaturkning 1934-yili Anzaklarni xotirlash marosimlari uchun "Uyda tinchlik, dunyoda tinchlik" degan xabari juda mazmunli edi:

“Bu yurt tuprog‘ida qon to‘kgan qahramonlar! Mana, siz do'stona vatan tuprog'idasiz. Tinchlik va osoyishtalikda uxlang. Siz va  turk askari  yonma-yon  yotibsizlar. o'g'illarini olis yurtlardan yuborgan onalar! Ko'z yoshlaringizni tinchlantiring. Farzandlaringiz bizning bag‘rimizda, ular tinch uxlaydilar. Ular shu zaminda jonini fido qilganlaridan so‘ng, endi bizning farzandlarimiz bo‘lgandir”.

Har yili tarixning eng qonli urushlaridan biri sodir bo'lgan Geliboludagi xotira marosimlarida yuzlab turk, Avstraliyalik va yangi Zelandiyaliklar bir joyga to'planib, bu yerda hayotdan ko'z yumganlar xotirasiga dunyo tinchligi uchun duo va tilaklar  bildirishadi.   Shu bois Chanoqqal’a butun dunyoga buyuk urush bilan bir qatorda buyuk do‘stlik va insoniylik ko‘rsatilgan joy sanaladi.1


Tanlangan kalimalar: #Turk- Anzak Do'stligi , #Chanoqql'a

Aloqador xabarlar