Bugun butun Islom olami Qurbon hayitini nishonlamoqda

Qurbonlik qilish ibodati Hazrati Ibrohim alayxissalom va o‘g‘illari Ismoil alayxissalomga borib taqaladi.

2152629
Bugun butun Islom olami Qurbon hayitini nishonlamoqda

Bugun barcha Islom olami jumladan, Turkiya Qurbon hayitini nishonlamoqda. Hazrati Ibrohim o‘z og‘lini qurbonlik qilmasligi uchun Olloh tomonidan bir qo‘y yuboriladi. Shunda Hazrati Ibrohim o‘g‘li o‘rniga shu qo‘yni qurbon qiladi. Natijada insoniyat tarixida yangi sahifa ochildi, qurbonlik qilish ibodati boshlanadi. Biz uchun Olloh rozichiligini qozonish maqsadida qurbonlik so‘yish an’anasi muhim ahamiyatga ega. Halol pul bilan xarid qilib olingan qurbonlik, bugungi kunda gunohlarning afv etilishi niyatida so‘yiladi. Istaganlar hayitning boshqa kunlarida ham qurbonliklarini so‘yishlari mumkin. Qurbon go‘shtining bir qismi bilan uydagilar, bir qismi bilan kam ta’minlanganlar, bir qismi bilan esa uyga kelgan mehmonlar siylanadi. Keksalar ahvolidan xabar olinib, bolalar xursand qilinadi. Butun dunyoda bizlarni chuqur qayg‘uga solgan to‘qnashuvlar, qatliomlar, kin va nafratning Qurbon hayiti munosabati bilan to‘xtashi, bas qilinishi tilagi bilan Qurbon hayitingiz muborak bo‘lsin azizlar!



Aloqador xabarlar