Turk dunyosiga bag‘ishlangan umr - 24

Dasturining bugungi sonida 19 – asrda yashab ijod qilgan qozoq olimlaridan biri, tadqiqotchi, tarixchi va etnograf Cho‘qon Valixonov haqida so‘z qilamiz.

2151950
Turk dunyosiga bag‘ishlangan umr - 24

Turk tarixini o‘rganib chiqish borasida muhim muvaffaqiyatlarga erishgan atoqli olim Cho‘qon Valixonov ma’rifatchi, sayohatchi, etnograf, filolog, O‘rta Osiyo xalqlari tarixi va madaniyatining eng peshqadam tadqiqotchilaridandir. Cho‘qon, 1835 - yili G‘arbiy Sibir chegarasida joylashgan Qushmurun viloyatida tug‘ilgan. Isim - sharifi rasmiy manbalarda Muhammad Kanapiya boʻlgan Choʻqon Valixonovning oilasi, qozoq xonligi sulolasiga mansubdir. To‘g‘rirog‘i olim, Abilayxonning uchinchi avloddan nabirasidir. Uning katta bobosi Abilay, qozoq xonligining o‘n sakkizinchi xonidir. Cho‘qon, kichik yoshidan e’tiboran xalq qo‘shiqlari va kuylarini tinglab ulg‘aygan. Uning voyaga yetishida, olti sharq tilini yaxshi bilgan Ayganim buvisining o‘rni juda katta.

Buvisidan eshitgan eski afsonalar, bobolari erishgan yutuqlar, yashab o‘sgan yurtining urf – odatlari Cho‘qon Valixanovning butun umrini vatanparvar, komil inson sifatida yashab o‘tishiga yo‘l ochdi. Onasi Zaynab Xonim bilan otasi Ching‘iz Bey, oliy ma’lumotli kishilar edilar. Cho‘qon o‘n ikki nafar tug‘ishgani ichidan o‘zining aql - zakovati va shaxsiyati bilan har doim ajralib turar edi. U yoshligidanoq arab tilida o‘qishni ham yozishni ham o‘rganib oladi. Undan tashqari sharq tillari, geografiyasi, tarixi, matematika va xattotlik san’atiga alohida qiziqar edi. Atoqli olim 1847 - yili Omsk harbiy maktabiga o‘qishga kiradi va uni katta g‘ayrat bilan muvaffaqiyatli ravishda tamomlaydi. Rus etnograf va tarixchi Grigoriy Nikolay o‘g‘li Potanin Valixanov haqida: “Cho‘qon juda tez kamolotga erishdi. Xatto, u o‘zi bilan birga o‘qigan rus do‘stlaridan ham o‘zdi. Cho‘qonning maktabdagi muvaffaqiyatlari va iste’dodi uning atrofidagi ko‘pchilikka ta’sir qildi”. – der ekan, xotiralarida, uning ta’lim sohasidagi qat’iyati va istagiga ham alohida e’tibor qaratadi. Maktabini tugatgan Cho‘qon, G‘arbiy Sibir general - gubernatori Gustav Gasfort qo‘mondonligida xizmat qila boshlaydi. Xizmati davomida o‘sha hududlarda uyushtirilgan razvedka amaliyotlarida qozoq xalqining barcha urf - odatlari, an’analari, adabiyoti, diniy yondashuvi bo‘yicha tadqiqotlar olib boradi. U toʻplagan maʼlumotlar asosida maqolalar yozgan. Faqatgina shu bilan cheklanib qolmay qozoqlar, qirg‘izlar, saribog‘ish va solto qabilalarining Rossiya bilan bog‘liq muammolarini hal qilish uchun siyosiy tashabbus ko‘rsatadi. Bir tomondan izlanishlarini ham davom ettirib, buyuk «Manas» dostoni ustida ish olib boradi. Rus olimlari Valixanovni shu tadqiqotlari tufayli Rossiya Geografiya jamiyatiga a’zo qilib oladilar. Shu vazifasi asosida 1858 - 59 yillari Qashqarga sayohat qilgan Valixanov, u yerda uygʻur turklari haqida muhim maʼlumotlar toʻplaydi. U oʻzining «Jungʻoriya tasvirlari», «Tan - Lu» va «Olti shahar davlatining ahvoli» deb nomlangan maqolalari orqali nomi tilga olingan hududda olib borgan faoliyatlarini ilm - fan olami bilan tanishtirishga muvaffaq boʻladi. U oʻzi ishtirok etgan harbiy tadqiqot davomida Qirgʻiziston geografiyasini oʻrganib chiqadi va «Qirgʻizlar haqida yozuvlar», «Isiqkʻol safarining kundaligi», «Xitoy davlatining gʻarbiy qishlogʻi va Qulja shahri» kabi muhim asarlar yaratadi. Cho‘qon Valixanov 1864 - yili Chernyaevning Avliyo ota qal’asi va atrofini nishonga olgan harbiy amaliyotida ishtirok etadi. Atoqli olim bu hududlarning Rossiya tarkibiga kirishi masalasi faqatgina diplomatik yo‘llar orqaligina amalga oshishi mumkinligiga ishonar edi. Shu bois bu sohada amalga oshiriluvchi harbiy amaliyot fikrini ham yo‘qtirmayotgan edi. Amaliyot paytida Chernyayevning tinch aholi bilan bo‘lgan aloqasiga e’tiroz bildirish maqsadida Verniy qal’asiga chekinadi. Qo‘mondon topshirig‘idan tashqarida tashlagan xuddi shu qadami tufayli harbiy unvoni tushirilgan Cho‘qon, alban urug‘i sultoni Tezekning qishlog‘iga ko‘chib o‘tadi. U yerda uning singlisi bilan turmush qurgan olim, 1865 – yili o‘pka kasalligi yuzasidan hayotdan ko‘z yumadi.  

Cho‘qon Valixonov qozoq xalqining tarixi, adabiyoti va madaniyatiga kichikligidanoq qiziqar edi. Ana shu vaqtdan beri olib borgan tadqiqot ishlari natijasida qozoq xalqining ilk ziyolilaridan biri sifatida tarix sahifalaridan o‘rin olgan olim, o‘z asarlarida tez – tez turk xalqlarining urf – odatlari va an’analariga e’tibor qaratishga urinadi.

Xizmat paytida borgan har bir joyini sinchiklab qayd etgan Valixonov ijodiga bugungi kunda ham tez - tez murojaat qilinmoqda. U yigirma to‘qqiz yillik umrining katta qismini qozoq tarixi, adabiyoti, etnografiyasi va yurtining ma’naviy boyliklarini o‘rganishga bag‘ishladi. Xatto bu borada katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Uning asarlarini o‘z ichiga olgan to‘plamning birinchisi 1887 – yili Peterburg universiteti professorlaridan biri Nikolay Ivan oʻgʻli Veselovskiy mas’ul muharrirligi ostida Grigoriy Nikolay o‘g‘li Potaninning qo‘llab – quvvatlashi bilan nashr etilgan. Uning katta e’tibor bilan to‘plangan ilmiy maqolalari, yozuvlari, maktublari, qo‘lyozmalari va rasm ishlari vafotining 100 - yilligi munosabati bilan «Besh jildlik asarlar to‘plami» degan nom ostida chop etildi.

Cho‘qon Valixonovning hayoti va ijodi haqida ko‘plab ilmiy – tadqiqiy kitoblar, hikoyalar, pyesalar, romanlar qalamga olinib, tezislar tayyorlandi. Qolaversa uning hayoti ko‘plab kino va hujjatli filmlar orqali omma e’tiboriga havola qilindi.

Cho‘qon Valixonov xotirasiga bag‘ishlab Kokshetaudagi pedagogika institutiga, Ko‘kshetau va Taldiqo‘rg‘on shaharlaridagi kollektiv va davlat xo‘jaligiga, Olmaotadagi Qozog‘iston SSR Fanlar akademiyasining Tarix, arxeologiya va etnografiya institutiga, 68 sonli o‘rta maktab va poytaxt ko‘chalaridan biriga uning nomi berilgan. Bundan tashqari, Olmaotada Valixonov haykallari o‘rnatildi. Qabr ustiga yodgorlik qo‘yildi.



Aloqador xabarlar